O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana pasaydi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 12 martdan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 18,86 so‘mga arzonlashgan va 1 dollar 8374,10 so‘mni tashkil etgan.
1 yevro kursi 135,34 so‘mga pasayib, 9410,81 so‘mga tushgan.
1 rubl esa 1,24 so‘mga arzonlashib, 126,18 so‘mga teng bo‘lib turibdi.
Qayd etish kerakki, O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi hafta pasaymoqda. O‘tgan haftada ham dollarning rasmiy kursi 10,23 so‘mga arzonlashgandi.
Valuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Mavzuga oid
21:14 / 11.11.2022
Dollarning rasmiy kursi 11200 so‘mdan oshdi
17:01 / 19.05.2022
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 11 100 so‘mdan pastga tushdi
16:50 / 06.04.2022
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ketma-ket ikkinchi kun pasaydi
16:18 / 16.03.2022