“Eynshteyn uchuvchim bo‘lishini istamayman”; Tramp zamonaviy samolyotlarni tanqid qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp zamonaviy samolyotlarni ularni boshqarish murakkabligi sababli tanqid qildi.
“Samolyotlar ularda uchish uchun juda murakkablashib ketmoqda. Uchuvchilar boshqa kerakmas, endi Massachusets texnologik institutining kompyuter texnologiyalari sohasidagi mutaxassislari zarur”, deb yozgan Tramp tvitterda.
Trampning fikricha, “yuqori darajadagi murakkablik xavf tug‘diradi”. “Sizni bilmaymanu, biroq men Albert Eynshteyn uchuvchim bo‘lishini istamayman. Men samolyot ustidan boshqaruvni oson va tez o‘z qo‘llariga olish texnik imkoniga ega bo‘lgan professional uchuvchilarni ko‘rishni istayman”, deb ta'kidlab o‘tgan Tramp.
10 mart kuni Ethiopian Airlines aviakompaniyasining Boeing 737 Max 8 samolyoti halokatga uchragandi. Bu halokat Indoneziyada xuddi shu modeldagi samolyot halokatidan 4 oy o‘tib sodir bo‘ldi.
Indoneziyadagi halokat tergovi davomida yangi modeldagi ushbu samolyotlar havo oqimi haqidagi ma'lumotlarni noto‘g‘ri talqin qilib, samolyot tumshug‘ini pastga yo‘naltirib, uning sho‘ng‘ishiga olib kelishi mumkinligi o‘rnatilgan.
Tramp shuningdek Boeing rahbari Dennis Myulenburg bilan uchrashgan. Ta'kidlanishicha, suhbat davomida Myulenburg Trampni Boeing 737 Max xavfsiz ekanligiga ishontirgan. Ta'kidlanishicha, Tramp Boeing rahbari bilan 13 mart kuni yana bir uchrashuv o‘tkazmoqchi.
Mavzuga oid
21:10 / 10.11.2024
Toshkentdan Jiddaga uchgan samolyot ortga qaytishga majbur bo‘ldi
12:02 / 02.11.2024
Myunxendan Shanxayga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi
11:56 / 02.11.2024
Aviatsiya tarixidagi g‘alati halokat: uchuvchi nega samolyotni tog‘ga olib borib urgandi?
20:47 / 21.09.2024