Light | 00:41 / 13.03.2019
54058
1 daqiqa o‘qiladi

Yuqori qon bosimiga qarshi choy turi topildi

Foto: «Mir 24» / Tatyana Konstantinova

Yuqori qon bosimini nafaqat dori vositalari, balki choy ham tushira oladi. Bunday xulosaga Germaniya va Shveytsariya olimlari kelishgan. Bu haqda Daily Express nashri xabar berdi. 

Biroq gap har qanday choy emas, balki uning muayyan bir turi haqida ketmoqda.

Olimlar bunday xulosaga 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan 40 kishi ishtirokida o‘tkazilgan ikki tajriba davomida kelishgan. Birinchi tajribada ishtirokchilar har kuni ertalab zaytun barglari damlamasidan 500 mg, ya'ni yarim litrdan ichishgan. Ikkinchi tajribada esa ishtirokchilar bu choydan bir litrdan ichishgan. Natijada olimlar bu moddaning miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, u gipertoniyaga qarshi shunchalik samarali kurashishini aniqlashgan.

Olimlarning ta'kidlashicha, bu daraxt barglari Qadimgi Gretsiya vaqtidayoq tabiblar tomonidan qo‘llangan.

Mavzuga oid