Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliq qo‘mitasi raisi nomidan soxta akkaunt Londonda ochilgan - DSQ
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Behzod Musayev nomidan yuritilayotgan Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi soxta akkaunt ochish uchun Buyuk Britaniyaning London shahrida ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqami ishlatilgan. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar tarqatdi.
«O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi raisi Behzod Musayev nomidan Facebook ijtimoiy tarmog‘ida yaratilgan soxta akkauntlarni o‘rganish davomida, ularni qayd etish uchun Buyuk Britaniya poytaxti – Londonda ro‘yxatga olingan telefon raqamlari ko‘rsatilgani aniqlandi. Shu munosabat bilan, DSQ rahbariyati Facebook'ka murojaat qilib, ularning obro‘ va ishchanligiga putur yetkazayotgan soxta akkauntlarni yopishni so‘radi», — deyiladi xabarda.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, Facebook ijtimoiy tarmog‘ida qo‘mita rahbari nomidan soxta akkaunt faol ravishda turli izoh va postlar qoldirmoqda. Aslida Musayev tarmoqda ro‘yxatdan o‘tmagani bildirilgan.
Mavzuga oid
10:56 / 17.10.2025
Koreyada mavsumiy ishchilar dasturi qayta tiklandi
09:46 / 23.09.2025
O‘zbekiston va Britaniya mehnat migratsiyasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi
16:28 / 23.09.2024
Behzod Musayev yangi lavozimga o‘tkazildi
16:19 / 23.09.2024