Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uchuvchilar Boeing 737 Max’ni boshqarishni iPad’da o‘rganishgan – OAV
Boeing 737 Max’ni boshqaruvchi ko‘plab uchuvchilar yangi samolyotning o‘ziga xos jihatlaridan tegishli ravishda xabardor qilinmaganlar va uni boshqarishni iPad planshetida o‘rganishgan. Bu haqda New York Times nashri xabar berdi.
Nashrning ta'kidlashicha, odatda uchuvchilar parvozni imitatsiya qiluvchi va yangi funksiyalarga o‘rgatuvchi qimmatbaho simulyatorlarda soatlab mashq qiladilar. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Southwest Airlines va American Airlines aviakompaniyalari uchuvchilari kasaba uyushmalari Boeing’dan Max uchun simulyator ishlab chiqishni bir necha bor talab qilgan, biroq kompaniya va AQSh fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasi uchuvchilarga qo‘shimcha tayyorgarlik kerakmasligi, ularni yuz berishi mumkin bo‘lgan muammolardan va yangi dasturiy ta'minot qanday ishlashidan xabardor qilish kifoya qiladi degan qarorga kelgan.
“Ular samolyotni qurib turib, uni loyihalashda davom etishgan. Simulyatorni yaratish uchun ma'lumotlar layner parvozga tayyor bo‘lgandagina paydo bo‘lgan”, deb ma'lum qildi Southwest Airlines kompaniyasi uchuvchilari uyushmasi raisi Greg Bouen.
Bundan tashqari, Boeing 737 Max’ni sinovdan o‘tkazgan uchuvchilar guruhi Max’ning avvalgi 737 modelidan farqlari, jumladan displey va dvigatellardagi farqlar haqida 13 sahifalik yo‘riqnoma ishlab chiqishgan. Biroq o‘quv materiallarida muayyan sharoitlarda samolyotning tumshug‘ini avtomatik tarzda pastga itaruvchi yangi MCAS dasturi esga olinmagan.
Boeing vakillari tizimni bir necha hafta ichida uchuvchilar uchun qo‘shimcha tayyorgarlik o‘tkazishsiz to‘g‘rilashga va'da berishgan. Indoneziyaning Lion Air aviakompaniyasi samolyoti halokatga uchragandan keyingina MCAS datchiklarning xato ko‘rsatmalariga asoslanib sababsiz ishga tushib ketishi aniqlangan.
10 mart kuni Ethiopian Airlines aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737 Max 8 halokatga uchradi. Samolyot bortidagi barcha 157 kishi halok bo‘lgan. Ma'lum qilinishicha, fojia oldidan uchuvchilar “samolyotni boshqarishda” muammolar bo‘layotganidan shikoyat qilishgan.
Mavzuga oid
17:03 / 11.03.2025
Apple kompaniyasi iPhone, iPad va Mac interfeysiga katta o‘zgarishlar kiritmoqchi
21:14 / 04.03.2025
Apple yangi iPad planshetlarini taqdim qildi
23:14 / 18.10.2022
Apple kompaniyasi iPad va iPad Pro planshetlarining yangi avlodini taqdim etdi
22:07 / 15.10.2021