09:00 / 19.03.2019
11940
Reklama

«Grand Pharm» eng yaxshi dorixonalar tarmog‘i deya e'tirof etildi

Foto: Grand Pharm Trade

4-13 mart kunlari O‘zbekistonning farmatsevtika sohasidagi eng yaxshilariga ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tdi. Ovoz berish jarayonida respublikaning 10 ta dorixona tarmoqlari, dori vositalari hamda tibbiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi mahalliy va xorijiy kompaniyalar ishtirok etishdi. Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, ovoz berishda 15 mingdan ortiq kishi qatnashgan bo‘lib, ulardan 9810 (65%) nafari yil dorixona tarmog‘ini aniqlashda ishtirok etgan. 

Foto: Grand Pharm Trade

Ovoz berish tanlovi g‘oliblari 13 mart kuni saytga qo‘yilgan ma'lumotlar tahlilining natijalari bo‘yicha aniqlandi va unda «Grand Pharm» dorixonalar tarmog‘i mutlaq yetakchi ovozlar sonini yig‘ib, 20.59 foiz bilan g‘olibga aylandi.

«2018 yilning eng yaxshi dorixona tarmog‘i» nominatsiyasi bo‘yicha «Oltin yulduz» sovrinini topshirish marosimi 2019 yil 14 mart kuni  «Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi. Katta tantanali tadbirda tanlovning boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha ham g‘oliblar nomi e'lon qilindi hamda taqdirlandi. 

Foto: Grand Pharm Trade
Foto: Grand Pharm Trade
Foto: Grand Pharm Trade

Eslatib o‘tamiz, «Grand Pharm» dorixonalar tarmog‘i keng qamrovi va xizmat ko‘rsatish sifati jihatdan O‘zbekiston bozoridagi eng yetakchi kompaniyalardan biri sanaladi. Ovoz berganlarga faol ishtirok uchun minnatdorchilik bildiramiz va g‘oliblarni tabriklaymiz!

«Grand Pharm Trade» MChJ

Reklama huquqi asosida

Top