Afg‘onistonda aprelda o‘tishi kerak bo‘lgan prezident saylovlari ikkinchi marta ko‘chirildi
Afg‘onistonning mustaqil saylov komissiyasi mamlakat prezidenti saylovlari o‘tadigan sanani 2019 yil 28 sentyabrga ko‘chirdi. Bu haqda komissiya raisi Xava Alam Nuristoniyning bayonotiga iqtibos keltirgan holda Tolo News telekanali ma'lum qildi.
Saylov komissiyasi prezident saylovlari o‘tkazilishi sanasini ikkinchi marta keyinga qoldirmoqda. Avvalroq saylov komissiyasi 20 aprelga belgilangan saylovlarni 20 iyulga ko‘chirgandi.
Nuristoniyning aytishicha, tegishli qaror saylovchilarni ro‘yxatga olishning shaffofligini ta'minlash va tashkillashtirish uchun qabul qilingan.
Afg‘oniston prezidenti lavozimi uchun nomzod sifatida 18 kishi, jumladan amaldagi prezident Ashraf G‘ani Ahmadzoy va tashqi ishlar vaziri Abdulla Abdulla ro‘yxatdan o‘tgan. Aynan ular 2014 yildagi saylovlarda prezident kursisi uchun asosiy raqiblar bo‘lgan.
Mavzuga oid
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
18:05 / 06.11.2024
Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish hajmi yana oshmoqda - BMT
14:12 / 06.11.2024
O‘zbekiston va YeI afg‘on masalasi bo‘yicha o‘zaro maslahatlashuvni davom ettiradi
22:45 / 02.11.2024