Qo‘shtepa kanali bo‘yicha afg‘on-o‘zbek muzokaralarning uchinchi bosqichi Toshkentda o‘tkaziladi
O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashevning ma’lum qilishicha, Toshkent va Kobul birgalikda Afg‘onistondagi Qo‘shtepa kanali qurilishi bilan bog‘liq masalalarni hal etish bo‘yicha komissiya tuzgan.

Foto: Ariana News
Ergashevning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston va O‘zbekiston delegatsiyalarining uchinchi qo‘shma uchrashuvi yaqin kunlarda Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Uchrashuv avvalgi muhokamalarga asoslanadi va loyihaning oldinga siljish jarayonida ikkala davlat ham o‘z manfaatlari ta’minlanishiga harakat qiladi. Bu haqda TOLOnews xabar berdi.
Ismatulla Ergashev Afg‘oniston Amudaryo suvidan foydalanish huquqiga ega ekanligini va bu resursdan kelishilgan taqsimot asosida foydalanish kerakligini ta’kidladi.
«Afg‘oniston va afg‘on xalqi birinchi navbatda Amudaryo suvidan foydalanish huquqiga ega ekanligini ta’kidlash lozim. Bu borada hech qanday muammo yoki kelishmovchilik yo‘q. Asosiy savol - Amudaryodan qancha suv olish kerakligi. Bu yerda Amudaryoning suv resurslaridan foydalanayotgan barcha davlatlarning manfaatlarini hisobga olish kerak. Uchinchi masala - Amudaryodagi suv sathi har yili o‘zgarib turadi. Demak, suv sathi bir yil ko‘tarilib, bir yil tushib ketishi mumkin», dedi u.
Ergashvening ta’kidlashicha, Qo‘shtepa kanali qurilishi bo‘yicha qo‘shma delegatsiya tuzilgan.
«Hozirgacha ikkita uchrashuv o‘tkazildi. Biri Kobulda, ikkinchisi Mozori Sharifda bo‘lib o‘tgan. Uchinchi uchrashuv tez orada O‘zbekiston poytaxti Toshkentda bo‘lib o‘tadi», dedi u.
Afg‘onistonlik siyosiy tahlilchi Abdusodiq Hamidzoiy so‘zlariga ko‘ra, «Afg‘onistonning Amudaryoga bo‘lgan huquqi o‘rnatilgan va bu masalani hech kim tasdiqlash yoki rad etishiga hojat yo‘q».
Qo‘shtepa kanali Afg‘onistondagi eng yirik sug‘orish kanali bo‘lib, muvaqqat hukumat loyiha budjeti mamlakatdagi tog‘-kon ishlaridan tushadigan daromadlar hisobidan moliyalashtirilishini aytgan. Qo‘shtepa kanalining ikkinchi bosqichidagi ishlar Faryob viloyatining Andxo‘y tumanigacha yetib borgan.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Fuqarolarning hujjatsiz uy-joylarga nisbatan huquqlarini e’tirof etish boshlandi
O‘zbekiston | 21:10
-
O‘zbekiston vakili Fransiyaning «San’at va adabiyot» ordeni bilan taqdirlandi
O‘zbekiston | 21:07
-
Argentina prezidenti biznesmenlar bilan kechki ovqatlarda uchrashish uchun 20 ming dollargacha pul olgan - Bloomberg
Jahon | 20:58
-
Myanmada halok bo‘lganlar soni 2700 dan oshdi. Harbiy xunta vaziyatni og‘irlashtirmoqda
Jahon | 20:53
Mavzuga oid

18:19 / 31.03.2025
Rossiya bosh prokuraturasi «Tolibon» faoliyatiga ruxsat berishni so‘radi

00:00 / 31.03.2025
Afg‘oniston hukumati salkam 2,5 ming mahbusni afv etdi

17:07 / 27.03.2025
AQSh «Tolibon» vakili Sirojiddin Haqqoniy uchun belgilangan mukofotni bekor qildi

16:13 / 24.03.2025