Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook millionlab maxfiy so‘zlar ochiq ko‘rinishda saqlanganini tan oldi
Foto: Getty Images
Ko‘p yillar davomida Facebook ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilarning millionlab maxfiy so‘zlarini oddiy matn ko‘rinishida saqlab kelgan, shu tufayli kompaniya minglab xodimlari kamida 2012 yildan beri undan bemalol foydalanishi mumkin bo‘lgan. Bundan kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassis Brayan Krebs xabar topdi. U hisobotni o‘zining KrebsOnSecurity saytida e'lon qilgan.
Kamida 20 ming xodim 200 mln.dan 600 mln.gacha maxfiy so‘zlarni oddiy matn sifatida ko‘rishi mumkin edi. Facebook ichki tekshiruviga ko‘ra, ular shifrlash uchun mo‘ljallangan ilovalar ishini to‘sib qo‘ygan xatolar tufayli shifrlanmagan.
Krebsning Facebook’dagi manbasi xabar qilishicha, taxminan ikki mingga yaqin muhandis yoki dasturchi matnli maxfiy so‘zlar bo‘yicha 9 millionga yaqin ichki so‘rovlar yuborgan. Ijtimoiy tarmoqdan ma'lum qilinishicha, hech bir holatda kompaniya xodimlari foydalanuvchilarning ochiq ma'lumotlaridan foydalanmagan.
Facebook’ning xavfsizlik bo‘yicha vitse-prezidenti KrebsOnSecurity’ga maxfiy so‘zlar juda oddiy saqlangani haqidagi ma'lumotni tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, muammo Facebook Lite’ning yuzlab million, Facebook’ning boshqa o‘n millionlab hamda Instagram’ning o‘n minglab foydalanuvchilarini qamrab olgan. U ro‘y bergan hodisani xato deb atadi va oddiy foydalanuvchilar xavfsizligiga hech qanday tahdid yo‘qligi hamda maxfiy so‘zlarni o‘zgartirish talab etmasligini bildirdi.
Mavzuga oid
19:13 / 12.03.2026
«Moliyaviy piramida» uchun jazo choralari og‘irlashtiriladi
12:30 / 17.02.2026
MobiUz ham kiberhujumga uchragan. Kompaniya mijozlar ma’lumotlari sizib chiqmaganini ma’lum qildi
20:23 / 12.02.2026
“15 mln kishining ma’lumoti sotuvda turgani yo‘q” - Sherzod Shermatov
11:02 / 12.02.2026