Jyenevadagi pullar, hakerlar tahdidi va matbuot erkida pasayiş - hafta dayjesti
|16:50 / 03.05.20269 60413 min
Toşkentdan Xivaga endi 15 soat emas, 7,5 soat yuriladi: “Jaloliddin Manguberdi” poyezdi qatnovi boşlandi. Kiberxavfsizlik xodimlarining ma’lumotlari öğirlandi: hakerlar rasmiylarga oçiq tahdid bilan çiqmoqda. Şveytsariyada Gulnora Karimova ustidan sud vaqtinça töxtatildi: 350 million dollarni özbek xalqiga qaytariş masalasi söroq ostida.
Ortda qolgan haftaning Özbekiston hayotiga oid ayrim muhim yangiliklari – Kun.uz dayjestida.
“Jaloliddin Manguberdi” yölga çiqdi
Toşkent va Xiva örtasida yuqori tezlikda harakatlanuvçi poyezd qatnovi yölga qöyildi. Bugun, 3 may kuni tongda “Jaloliddin Manguberdi” poyezdi ilk reysini boşlab, Toşkent markaziy vokzalidan Xivaga qarab yöl oldi. Koreyadan xarid qilingan pölat karvon 260 km/soatgaça tezlikda harakatlanib, öz manziliga 7 soat-u 31 daqiqada yetib boradi. Taqqoslaş uçun, bu yönalişda an’anaviy poyezdlardagi safar vaqti 14-15 soatni taşkil etadi.
Yangi poyezd haftasiga uç marta qatnaydi. Çipta narxi kelsak, uni arzon deb bölmaydi. Yuqorida aytganimiz 14-15 soat yöl yuradigan poyezdlar çiptasi hozirda vagon turiga qarab 245 ming sömdan 349 ming sömgaça turadi. “Jaloliddin Manguberdi” çiptasi esa – 780 ming söm. Buni aviaçipta narxi bilan soliştiradigan bölsak, UzAirways'ning Toşkent–Urganç reysi çiptalari bagajsiz tarifda 770 ming sömdan boşlanadi. Bagajga ega, çiptani qaytariş yoki sanasini özgartiriş imkoniyatini beradigan parvozda esa yölkira 840 ming söm.
Farğona vodiysida ham temiryöl qatnoviga oid yangilik bor: Marğilon, Qöqon, Namangan va Andijon şaharlarini boğlaydigan halqa elektropoyezd qatnovi yölga qöyildi. Duşanba kuni prezident Şavkat Mirziyoyev Farğonaga taşrifi doirasida bu yönalişdagi ilk reysda Qöqondan Marğilonga keldi. 324 kilometrlik temiryöl halqasida Toşkentda işlab çiqarilgan yangi elektropoyezdlar qatnaydi. Poyezdlarda konditsioner, bepul WiFi va USB-portlar bor. Çipta narxi – 15 ming söm, ya’ni taksidan ham arzonroq.
Şu hafta ma’lum bölişiça, Çexiyaning Škoda kompaniyasidan elektropoyezdlar sotib oliş masalasi yana kun tartibiga qaytgan. Payşanba kuni Çexiya boş vaziri Andrey Babişning Özbekistonga taşrifi doirasida Škoda bilan 10 ta elektropoyezd xaridi böyiça şartnoma imzolandi. 2023 yilda imzolangan avvalgi bitim doirasida 320 mln yevro qiymatda 30 ta elektropoyezd yetkazib berişga kelişilgan, lekin bu amalga oşmay qolgandi. Yangi kelişuvni Çexiya davlat suğurta kompaniyasi va Yevropa investitsiya banki qöllab-quvvatlayapti.
Mavzuga oid
Şavkat Mirziyoyev Çexiya boş vazirining taşrifini “özaro munosabatlar tarixida yangi bosqiçning boşlanişi” deya ta’rifladi. Vizit doirasida özaro savdoni 1 mlrd dollarga yetkaziş, çex kompaniyalari bilan texnologik hamkorlikni çuqurlaştiriş kabi masalalar asosiy kun tartibida böldi. Toşkent va Praga örtasida töğridan töğri aviaqatnovlarni tiklaş rejalaştirilyapti.
Matbuot erkinligi indeksi: bir poğona kötarildik, lekin...
Bugun, 3 may – Xalqaro matbuot erkinligi kuni. Sana arafasida Parijda asoslangan “Çegarasiz muxbirlar” xalqaro nodavlat taşkiloti özining har yilgi Matbuot erkinligi indeksini e’lon qildi. Unga köra, Özbekistonda matbuot erkinligi bilan boğliq vaziyat “juda jiddiy”ligiça qolyapti.
Xalqaro kuzatuvçilar Özbekistondagi matbuot erkinligi bilan boğliq vaziyatga 100 balldan 35 ball berdi, bu ötgan yilgidan biroz pastroq körsatkiç. Ya’ni absolyut körsatkiçlar böyiça, mamlakatimizda jurnalistik faoliyat erkinligi torayişda davom etyapti. Boşqa davlatlarga nisbatan olganda esa, ulardagi salbiy tendensiya bizdagidan tezroqligi hisobiga, umumiy reytingda bir poğonaga kötarilib, 147-örinni band etdik.
“Çegarasiz muxbirlar” 40 balldan past reytingga ega davlatlarni matbuot erkinligi bilan boğliq vaziyat “juda oğir” deb tasniflaydi. Özbekiston bu kategoriyadan 2019 yilda çiqib ketişga muvaffaq bölgan edi, lekin 2024 yilga kelib, mamlakatimiz yana töq zarğaldoq rangda belgilanadigan davlatlar qatoriga qöşilib qoldi. Yangilangan indeksda Özbekistondagi matbuot erkinligining iqtisodiy va xavfsizlik indikatorlari yaxşilangan bölsa, siyosiy, huquqiy va ijtimoiy mezonlarga köra vaziyat yomonlaşgani körsatilgan.
Özbekiston rasmiylari Matbuot erkinligi indeksini özi uçun eng ustuvor 15 ta xalqaro reytingdan biri deb hisoblaydi. Senatning 2024 yilgi qarori bilan, 2026 yilda bu indeksda Özbekiston 39 ball töplaşiga erişiş vazifasi qöyilgan edi. Amalda esa buning aksi bölib çiqdi: reyting ballimiz öşa paytdagi darajadan ham pasayib ketdi.
Şu fonda, energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov jamoatçilik faoli Otabek Bakirov ustidan yana huquqni muhofaza qiluvçi idoralarga arz qilgani ma’lum böldi. Bakirovning sözlariga köra, vazir uning Telegram-kanaldagi va X tarmoğidagi postlari yuzasidan qayta-qayta – jami 4 marta şikoyat qilgan. Uşbu şikoyatlar bitta işga jamlanib, hukumat a’zosining da’volari içki işlar va prokuratura idoralari vositasida sudga oşirilgan. Juma kuniga belgilangan sud majlisi ötkazilmadi. Advokatning ma’lum qilişiça, sudya iş hujjatlari bilan tanişib çiqib, boşqa kuni çaqirişini ma’lum qilgan.
Şveytsariyada Gulnora Karimova ustidan sud töxtatildi
Özbekiston xalqiga tegişli ekani aytiladigan yuzlab million dollar pullarni Şveytsariya banklaridan qaytarib olib keliş yanada qiyinlaşişi mumkin. Şu hafta boşida Şveytsariya Federal jinoiy sudi Gulnora Karimovaning özi protsessda şaxsan qatnaşa olmayotgani sababli, jinoyat işining unga nisbatan qismini iş yurituvdan töxtatişga qaror qildi.
Sudyalar izohiga köra, Karimovaning sudlovda bevosita qatnaşişini ta’minlaş uçun imkon doirasidagi hamma çoralar körilgan. Xususan, Federal jinoiy sud öz tarixida birinçi marta sudlanuvçidan körsatma oliş uçun Şveytsariyadan taşqariga öz vakilini yuborgan. Sud rasmiylari avvaliga 2024 yilda, keyin 2026 yil yanvar oyida Toşkentga kelgan, ikkinçi taşrifda Özbekiston tomoni Karimovani körsatma beriş uçun Şveytsariyaga yuboriş söroviga uzil-kesil rad javobini bergan. Natijada sud korrupsion işning unga oid qismini töxtatişga qaror qilgan.
Şveytsariya matbuotiga köra, sudyalar Gulnora Karimovaga nisbatan sirtdan mahkama olib boriş variantini ham körib çiqqan, lekin bu ma’qullanmagan. Çunki himoya tomoni sudlanuvçi sudda qatnaşişni istayotgani, ammo bunday imkoniyatga ega emasligini ta’kidlab, mahkamani töxtatişni söragan. Advokat Greguar Manja va Karimovaning yaqinlari sud qarorini “amalda oqlovga teng” deya talqin qilmoqda. Şveytsariyadan yana bir neça yuz million dollarni qaytarişga urinayotgan Özbekiston tomoni esa, sud qaroriga munosabat bildirmadi.
Eslatib ötamiz, Şveytsariya tomoni Gulnora Karimovaga doxil boşqa jinoyat işlari doirasida 313 mln dollar miqdoridagi mablağlarni allaqaçon musodara qilib bölgan. Bu pullarni qaytariş böyiça ikki davlat örtasida restitutsiya bitimi ham tuzilgan bölib, 2025 yil aprel oyi holatiga 87 mln dollar mablağ qaytarilgan va ta’lim hamda tibbiyot sohalariga sarflangan. Uzil-kesil musodara qilib bölingan 313 milliondan taşqari, yana 350 mln dollar mablağ jinoyat işlari doirasida muzlatilgan holatda qolyapti. Bu pullarni qaytariş masalasi keyingi huquqiy jarayonlarda hal etiladi.
Tabibimning özi ham bemor...
Özbekistonliklarning şaxsiy ma’lumotlari yana hakerlar qölida. Qiziği, bu safar Kiberxavfsizlik markazi xodimlarining özlari jabrlanuvçiga aylanib qoldi. Kun.uz'ning aniqlaşiça, 27 aprel kuni kiberjinoyatçilar va hakerlarning ma’lumotlar savdosiga ixtisoslaşgan platformasida Özbekiston Kiberxavfsizlik markazi xodimlarining şaxsiy ma’lumotlari sotuvga qöyilgan.
Ma’lumotlarni sotayotgan haker özi joylagan e’londa “Kiberxavfsizlik markazining içki tizimlariga muvaffaqiyatli kirib borgani”, “Davlat xavfsizlik xizmati va razvedka xodimlari ma’lumotlar bazalariga kiriş huquqini qölga kiritgani”ni iddao qilgan. U öz sözlariga isbot tariqasida Kiberxavfsizlik markazida işlaydigan 100 nafar xodimning şaxsiy ma’lumotlarini oçiq e’lon qilgan. Ular qatorida xodimlarning ism-familiyasi, kompaniyadagi lavozimi va JŞŞIR raqamlari mavjud.
Hakerning da’vo qilişiça, uning ixtiyoridagi ma’lumotlar, xususan Kiberxavfsizlik markazi xodimlarining töliq röyxati “ança katta”. Şuningdek, unda e’lon qilinganidan köra “ança maxfiyroq” ma’lumotlar ham bor. Haker Özbekiston rasmiylariga öz taklifini ham oçiq yozib qoldirgan: unga köra, agar rasmiylar ma’lumotlar “töliq e’lon qilinişini töxtatmoqçi” bölsa, 200 ming dollar tölaşi kerak. “Aks holda, tez orada yangi ma’lumotlar sizdiriladi va bu ular uçun juda yomon oqibatlarga olib keladi”, deyiladi ingliz tilidagi e’londa.
Kiberxavfsizlik markazi holatga izoh berib, bu iddaolar haqiqatga mos kelmasligini ma’lum qildi. “Ta’kidlaş lozimki, Kiberxavfsizlik markazi içki axborot tizimlari buzilmagan va bunday turdagi ma’lumotlar bazasidan foydalanilmaydi”, deyiladi markaz bayonotida.
Şu bilan birga, Kun.uz bilan gaplaşgan markaz matbuot kotibi Dilşod Törayev haker e’lon qilgan şaxsiy ma’lumotlar haqiqatda ham xodimlarga tegişli ekanini tasdiqladi. Uning aytişiça, xodimlarning ism-familiyasi va işlaydigan lavozimi rasmiy saytda ham bor. Ammo, haker e’lon qilgan xodimlarning JŞŞIR raqami Kiberxavfsizlik markazidagi tizimlarni buzib kiriş natijasida qölga kiritilmagan.
“Bu ma’lumotlar ança eski ekani körinib turibdi. Balki xodimlarimizning boşqa serverdagi ma’lumotlariga hujum bölgan bölişi mumkin. Hozir ehtimoliy sizib çiqiş manbalarini birma-bir tekşirişda davom etyapmiz. Ammo bu – Kiberxavfsizlik markazi tizimlarini buzib kiriş emas”, dedi Törayev.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Milliy investitsiya jamğarmasi Toşkent va Londonda IPO boşladi. Ya’ni, tarixda ilk marta Özbekistondagi kompaniyaning aksiyalari xalqaro fond bozorida erkin muomalaga çiqarilyapti. Xarid uçun buyurtmalar 12 maygaça qabul qilinadi, ikkilamçi savdolar 18 maydan boşlanadi. Toşkent fond birjasida UzNIF aksiyalari 4,65 sömdan joylaştirilmoqda, bunda jismoniy şaxslar uçun 5 foizlik çegirma bor. Eslatib ötamiz, Milliy investitsiya jamğarmasi – davlatga qaraşli 13 ta yirik kompaniyaning 25 foizdan 40 foizgaça aksiyalarini özida jamlagan. IPO narxidan kelib çiqilsa, jamğarmaning bozor kapitalizatsiyasi 1,95 mlrd dollarni taşkil etadi.
Energiyani tejaş maqsadida gaz va svet iste’moliga çeklov kiritiş taqiqlandi. 29 aprel kuni imzolangan prezident farmoni bilan, elektr energiyasi va tabiiy gazni iste’molçilarni tarmoqdan ajratiş va çeklov kiritiş hisobidan tejaşga yöl qöyilmasligi belgilab qöyildi. Bunga sabab – farmonda energiya samaradorligi va tejamkorligini oşiriş böyiça qator vazifalar belgilangan. Natijada, ayrim mas’ullar hisobot ortidan quvib, tejaymiz deya çeklov kiritişining oldini oliş uçun ham şunday normaga zarurat tuğilgan bölişi mumkin. Bu farmon imzolanişi bilan bir vaqtda, elektr energiyasidagi yöqotişlar yuqori bölgan 44 ta tuman va şaharning elektr korxonasi rahbari işdan olindi.
2026 yilgi Haj mavsumi uçun boşlanmoqda. Bu yilham uşbu ziyoratga Özbekistondan 15 ming ziyoratçi boradi. Safar narxi – 77 mln söm deb belgilandi. 2 maydan 18 mayga qadar Özbekistonning 9 ta şahridan Madinaga töğridan töğri aviaqatnovlar amalga oşiriladi. Özbekistondan Madinaga parvozlarni Saudiya loukosteri Flyadeal amalga oşiradi, hojilarni qaytarib olib keliş esa Uzbekistan Airways tomonidan amalga oşiriladi. Eslatib ötamiz, talabgorlar kelasi yilgi Haj ziyoratiga boriş uçun MyGov portali orqali oldindan elektron navbatga yozilişi mumkin.
Dalahovlilarni soliqqa tortiş böyiça yangi mexanizm taklif etilyapti. Soliq qömitasi tegişli hujjat loyihasini jamoatçilik muhokamasiga qöydi. Unga köra, turizm sohasida faoliyat yuritayotgan barça joylaştiriş vositalarini, şu jumladan dalahovlilarning yagona elektron bazasini yaratiş közda tutilgan. Ularga 2027 yil 1 yanvardan boşlab özlari körsatadigan xizmatlarning narxini yagona platformaga doimiy kiritib boriş majburiyati yuklatilişi mumkin. Eslatib ötamiz, ötgan yili qabul qilingan prezident qaroriga asosan, 2026 yil 1 iyuldan boşlab dalahovlilar ijarasini “Soliq” ilovasi orqali rasmiylaştiriş tartibi yölga qöyilişi kerak.
Muallif – Komron Çegaboyev
Boşlovçi – Bobur Akmalov
Tasvir ustasi – Şohruz Abdurayimov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova