Jamiyat | 13:00 / 26.03.2019
69080
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

“Million” – nima o‘zi u?

Biz suxariklar (quritilgan non bo‘lakchalari)ni qachon iste'mol qilamiz? Uyda, o‘qishda, ishda, yaqinlar bilan suhbat qurayotgan vaqtimizda yoki ekran qarshisida sevimli ko‘rsatuvlarni tomosha qilayotganimizda, yoxud tushlik, kechki ovqatni qilishga ulgurmagan vaqtimizda to‘yimli yegulik sifatida tanovul qilishimiz mumkin.

Biroq suxarikni xarid qilish chog‘ida muammoga duch kelamiz: import mahsulot hisoblangan xorij suxariklarini ta'mi, sifati manzur kelsa-da, narxining balandligi tufayli har doim ham xarid qilib bo‘lmaydi. O‘zimiznikini sotib olganda esa, mazasini ko‘rib, ba'zan sarflagan pulimizga afsuslanib qolamiz.

Kutilgan yangilik

Endi O‘zbekistonda mutlaqo yangicha nom va ta'mdagi suxariklar (quritilgan non bo‘lakchalari) sotuvga chiqarilmoqda. Qarshi oling: “Million crackers”! Ha, bu o‘sha barchamizga ma'lum va mashhur bo‘lgan “Million” jamoasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan maxsus suxariklardir.

“Million” yuqorida biz sanab o‘tgan vaziyatlarni inobatga olgan holda mijozlar talabini ham narx, ham sifat jihatdan qondira oladigan mahsulot yaratdi. Mazkur suxariklarni tatib ko‘rgan insonlar mahsulot sifat borasida hammamizga yaxshi tanish bo‘lgan Ukraina, Rossiya mahsulotlari bilan ham raqobatlasha olishi, narx borasida esa ulardan ancha arzonroq ekanligini qayd etishmoqda.

Betakror maza, yuqori sifat

“Million crackers” suxariklari “Dubai Snacks” OK bilan hamkorlikda O‘zbekistonda ishlab chiqarilmoqda. Hozirda krekerslarning kabob, ovchi kolbasali, smetana hamda piyoz ta'mli turlari bor. Ishlab chiqaruvchilar mahsulot sifatiga alohida e'tibor bergan holda eng sara ziravor va nondan foydalanishgan. Mazasi xorijnikidan qolishmaydigan, ishtahani qitiqlovchi “Million crackers” suxariklari bemalol tushlik va kechki ovqat o‘rnini ham bosa oladi. 

Mazali suxariklar eng nozik ta'bdagi insonlarning ham kundalik ermagiga aylanishiga shubhamiz yo‘q.

Hamyonbop yegulik

Suxariklar sizlarni nafaqat ta'mi, balki narxi bilan ham mamnun etishiga ishonamiz. Ishlab chiqaruvchilar xaridorlar talab va istagini qadrlagan holda mahsulot sifati va qiymatini uyg‘unlashtirgan holda boshqa suxariklarga nisbatan yoqimli narxlarni belgilashga harakat qilishdi.

Samarali hamkorlik

Ishlab chiqarilayotganiga hali ko‘p vaqt bo‘lmagan bo‘lsa-da, qisqa muddat ichida “Million crackers” yurtimizda faoliyat olib borayotgan ko‘plab korxona va kompaniyalar bilan hamkorlik shartnomalarini tuzishga ulgurdi. Agar siz ham mahsulot distribyutori va dileriga aylanish istagida bo‘lsangiz, “Million” hamkorlikka hamisha shay.

Original reklama

Mahsulot reklamasi uchun noodatiy yondoshuv ham ko‘pchilikning e'tirofiga sazovor bo‘lmoqda.  Yodgor Nosirov tomonidan suratga olingan promo-rolikda “Million” jamoasi a'zolari bilan birga Munisa Rizayeva brendning ilk yuzi sifatida suratga tushdi. Aytib o‘tish joizki, rolik ayrim bosh og‘riqli, bachkana reklamalardan farq qiladi. Shuningdek, xonanda  tomonidan “Million crackers” uchun maxsus jingl ham ishlandi.

Yana bir ajoyib aksiya 

Million jamoasi a'zolari suratlarini to‘liq holda to‘plagan holda pul yutuqlariga ega bo‘ling. G‘oliblarga quyidagi qiymatdagi million so‘mlik pul yutuqlari topshiriladi:

  • 1 ta 100 million so‘m
  • 5 ta 10 million so‘m
  • 50 ta 1 million so‘m

Shoshiling! Aksiyada ishtirok etib, “millioner”lardan biriga aylaning. “Million crackers” kundalik hayotda yaqin hamrohingizga aylanishiga ishonamiz.

Murojaat uchun telefon: +99897 4029933, +99897 4469933

Telegram: @millioncrackers

Reklama huquqi asosida