O‘zbekistonda qishki sport turlarini rivojlantirishdagi tizimli muammolar ma'lum qilindi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjatda qayd etilishicha, qishki sport turlarini rivojlantirishda qator tizimli muammolar va kamchiliklarning mavjudligi mazkur yo‘nalishda mamlakatning mavjud sport salohiyatidan to‘liq foydalanishga to‘sqinlik qilmoqda. Xususan:
birinchidan, qishki sport turlarini rivojlantirish uchun zamonaviy moddiy-texnika bazaning yetarli emasligi, xalqaro standartlarga javob beradigan sport asbob-uskunalari va jihozlarining yetishmasligi ushbu sport turlarini ommalashtirishda qator muammolarni keltirib chiqarmoqda;
ikkinchidan, qishki sport turlari bo‘yicha sport kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning amaldagi tizimi bu borada malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish imkonini bermayapti;
uchinchidan, davlat-xususiy sheriklik shartlarida qishki sport turlari bo‘yicha zamonaviy moddiy-texnika bazasi va infratuzilmasini yaratish bo‘yicha nodavlat sektor bilan o‘zaro munosabatlarning past darajada ekanligi ushbu sohada mavjud muammolarni samarali hal etishga imkon bermayapti;
to‘rtinchidan, joylarda qishki sport turlari bo‘yicha sport inshootlari va infratuzilmasi mavjud emasligi musobaqalarning tizimli o‘tkazilishiga yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya)ning samarali va shaffof tizimini yaratishga, terma jamoalar tarkibini sifatli to‘ldirish uchun sport zaxirasini shakllantirish va yuqori malakali sportchilarni tayyorlashni ta'minlashga to‘sqinlik qilmoqda;
beshinchidan, malakali mutaxassislarning yetishmasligi sport inshootlarini sifatli saqlanishiga, foydalanishiga va inshootlardagi sport anjom va jihozlariga zamonaviy xizmat ko‘rsatish imkonini bermayapti.
Mavzuga oid
08:44 / 06.06.2022
Parrandachilikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi o‘zgaradi
09:01 / 08.04.2022
«Olima ayollar jamiyati» nimalar bilan shug‘ullanishi ma’lum bo‘ldi
07:51 / 26.03.2022
2021 yilda qurilishdagi baxsiz hodisalar oqibatida 84 nafar ishchi halok bo‘lgan
07:28 / 09.03.2022