O‘zbekiston | 15:56 / 30.03.2019
9090
2 daqiqa o‘qiladi

Suvdan maxsus foydalanish uchun ruxsatnomani endi YaIDXP orqali olish mumkin

U suvlarning va suv obektlarining holatiga ta'sir etuvchi maxsus inshootlar va qurilmalarni qo‘llagan holda o‘z ehtiyojlari uchun sun'iy obektlardan suv oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar uchun zarur, deb yozmoqda Norma.

Eslatib o‘tamiz, yuridik va jismoniy shaxslar suvdan foydalanish va suv iste'moli to‘g‘risidagi shartnomalarni ularga xizmat ko‘rsatadigan tegishli foydalanish tashkilotlari bilan tuzadilar (O‘zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv iste'moli tartibi to‘g‘risidagi nizom).
 
Suvdan o‘z ehtiyojlarida foydalanish uchun uchta hujjat zarur:

• xizmat ko‘rsatadigan tegishli foydalanish tashkilotlari bilan tuzilgan suvdan foydalanish va suv iste'moli to‘g‘risidagi shartnoma;
• suv olish limitlari asosida tasdiqlangan suvdan foydalanish yoki suv iste'moli rejasi (kommunal-maishiy maqsadlarda suv iste'mol qilgan fuqarolar bundan mustasno);
• suvdan maxsus foydalanish yoki suv iste'moli uchun ruxsatnoma.
 
So‘nggi hujjatni endi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olish mumkin. Buning uchun EKIHning 30%i miqdorida haq undiriladi.
 
Eslatib o‘tamiz, suvdan maxsus foydalanish yoki suv iste'moli uchun ruxsatnomalarsiz suv olganlik uchun jarima – olingan har ming kub metr suv uchun EKIHning 40%i undiriladi. 1 yil mobaynida tartib takroran buzilgan taqdirda jarima sanksiyalari 10 baravar miqdorida qo‘llaniladi.

Mavzuga oid