Jahon | 19:36 / 31.03.2019
9243
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyadagi saylov jarayonida 4 kishi halok bo‘ldi

Turkiyada mahalliy hokimiyat, fuqarolar o‘z-o‘zini boshqarish organlari uchun o‘tkazilgan 19-saylovlar yakuniga yetdi. Avval mamlakat sharqidagi 32ta provinsiya, so‘ngra ularning barchasi saylovlar bo‘yicha o‘z ishini yakunladi, deb xabar bermoqda Turkiya Oliy saylov komissiyasi vakili.

Ovoz berish huquqiga ega 57 million Turkiya fuqarosining 80 foizga yaqin qismi siyosiy tadbirda ishtirok etgani bildirilmoqda.

Turkiya Ichki ishlar vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, saylov o‘tkazilishi davomida ommaviy tartibsizlik kuzatilmadi. Shunga qaramay, ayrim saylov uchastkalarida siyosiy partiya tarafdorlarining to‘qnashuvlari ko‘zga tashlangan. Oqibatda to‘rt nafar turk fuqarosi halok bo‘ldi.

Mamlakat parlamentar boshqaruvdan prezidentlikka o‘tgandan buyon birinchi marta o‘tkazilayotgan munitsipal saylovda shahar meri, hududiy parlament a'zolari, mahalliy hokimiyat vakillari, qishloq oqsoqoli va oqsoqollar kengashi a'zolari saylandi. Ayni paytda saylov natijalari sarhisob qilinmoqda.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish