Jamiyat | 18:51 / 01.04.2019
3759
1 daqiqa o‘qiladi

Baxshichilik festivali ochilishida besh yuz nafar yoshlar chanqovuz chalishadi

I Xalqaro baxshichilik san'ati festivali ochilish marosimining bayram dasturida 500 nafar  yoshlar chanqovuz chalishadi. Bu haqda festival matbuot markazi xabar bermoqda.

Bayram dasturi repertuaridan o‘rin olgan ushbu musiqiy chiqishda yosh ijrochilar Surxon vohasi urf-odat, an'anasini o‘zida mujassam etgan, vohaga xos kuyni ijro etishadi. 

Yoshlar tomonidan ijro etilishi rejalashtirilgan ushbu musiqiy chiqishda ijrochilar vohaning betakror tabiati va takrorlanmas san'atini chanqovuz asbobi kuyida tasvirlab berishadi.

O‘tkaziladigan festivalga boysunlik hunarmandlar  o‘z hissasini qo‘shishga astoydil kirishgan. Jumladan, G‘ayrat Musurmonov tomonidan  ming dona chanqovuz asbobi yasab berildi. Uni usta hunarmand yetmish kun davomida yasadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid