Jamiyat | 15:47 / 03.04.2019
23288
8 daqiqa o‘qiladi

Bo‘ribosar zotini saqlashni qimorbozlik bilan adashtirmang!

Yaqinda internet tarmog‘ida “O‘zbekistonda vahshiy qimorbozlik turi, ya'ni, bo‘ribosar zotli itlarni urishtirish avj olmoqda”, - degan mavzuda katta shov-shuv ko‘tarilgan edi. Bu maqola hurmatli hayvonlarning himoyachilarga javoban bitilgan.

Ma'lumki, har bir jonivor zoti asrlar davomida yashaydigan mintaqaning iqlimiga, atrof muhitiga, oziqlanish manbalariga va boshqa bir qator shart-sharoitlariga moslashib shakllanadi. Moslashish qobiliyatlari nasldan naslga o‘tib genetik xossalariga aylanadi. Genetik xossalar jonivor zotining anatomik tuzilishini, tashqi ko‘rinishini, oziqlanish turini, yashash hududini (arealini), xulq-atvorini va boshqalarni belgilaydi. Agar yuqoridagi shart-sharoitlar uzoq muddat davomida o‘zgaradigan bo‘lsa, jonivorning genetik kodi falajlanib, zot o‘zgaradi yoki yo‘qoladi. Bu universal tamoyil o‘zbek bo‘ribosarlariga ham taalluqli.

O‘tgan o‘n yilliklarda bizning mamlakatimiz itboqarchiligida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Azaldan mintaqaviy zotli itlarimiz yashash joylarida itlarning madaniy Yevropa va boshqa hududli zotlari paydo bo‘ldi. Tabiiy tanlov va milliy naslchilik uslublari bilan yaratilgan mahalliy o‘zbek bo‘ribosari zotlari, boshqa xorijiy mamlakatlardan keltirilgan itlar bilan chatishtirilib, asta-sekin buzila boshladi.

 Hozirgi vaziyat tahlili ko‘rsatmoqdaki, O‘zbekiston bo‘ribosari zoti achinarli ahvolga tushib qoldi: it klublarining bu yo‘nalishdagi faoliyati deyarli ko‘rinmaydi; yillar davomida mazkur zotning bazasi shakllanmagan edi – “qo‘shtirish” jarayoni (“vyazka”) professional darajada bajarilmagan. Natijada, itlarning ko‘pchiligi qo‘rqoq, bekordan bekorga vovullaydigan va zotga mutlaqo mos kelmaydigan bo‘lib qoladi.

 Darvoqe, Osiyo respublikalarida o‘zining dong‘i ketgan zot turlari mavjud, masalan: Qozog‘istonda - Tobet, Turkmanistonda - Alabay, Tojikistonda - Saxiy Dahmard, Qirg‘izistonda - qirg‘iz bo‘ribosari. Shular kabi, bizda ham o‘zimizning Bo‘ribosarimiz bor-ku axir! Nima uchun biz o‘zimizning ko‘p asrlik zotli nasl bilan faxrlana olmas ekanmiz?

Bugun biz O‘ZBeK BO‘RIBOSARI zoti genofondini saqlash zarurati o‘ta dolzarb masalaga aylandi degan xulosaga kelib, haqiqiy tarafdorlarining kuchi bilan "O‘ZBeK BO‘RIBOSARI" zotini saqlash Jamiyatini yaratdik, chunki ko‘p asrlik tarixiga ega bo‘lgan, mahalliy sharoitlarga ajoyib moslashgan itning yo‘qolib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim deb topdik.

 "O‘ZBeK BO‘RIBOSARLARI" zotini saqlab qolish jamiyati 2018 yil 26 fevraldan beri faoliyat ko‘rsatmoqda. Hozirgi kunda jamiyat qaramog‘ida 300 boshdan ortiq it ro‘yxatga olingan. Ekspert-kinolog boshchiligida yaratilgan guruh Toshkent shahri, Toshkent viloyatining Olmaliq va Yangiyo‘l tumanlari, Samarqand hamda Farg‘ona viloyatlarida mavjud bo‘ribosarlarning hozirgi jonboshini o‘rganib chiqdi. O‘zbek bo‘ribosarining standarti ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

Jamiyat o‘zining asosiy maqsadi qilib “O‘zbek bo‘ribosarlari” zotini saqlash, zot bilan ishlash, zotdagi ilg‘or vakillarni aniqlash (sun'iy tanlov) asosida naslni ko‘paytirish hamda barcha zarur bo‘lgan zootexnikaviy va testing bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarini amalga oshirish va zoti populyatsiyasi jonboshini, umumiy holatini yaxshilab, tizimga solish qilib belgilangan.

 Dunyodagi barcha haqiqiy mutaxassislar (“zavodchiklar”) Osiyo bo‘ribosarining toza naslini saralab olishga harakat qiladi. Bo‘ribosar zoti eng zo‘r yaxshi vakillarini, ruyxatdan o‘tkazib bo‘ribosar zoti populyatsiyasining umumiy ahvolini aniqlash va tizimga solish maqsadida test sinovlari o‘tkaziladi. O‘zbek bo‘ribosarining test sinovlari bu itlarning ajralmas qismidir. Testlarni qabul qilishda, oddiy odam ko‘p holatlarda ularga salbiy munosabatda bo‘ladi. Qo‘riqchilik ishi va "testlar" - bu ularning tayanchdir. Uni olib tashlang – bo‘ribosarlar Yer yuzidan yo‘q bo‘lib ketadi!

Bo‘ribosarning test sinovlarida o‘ldirishlar va vahshiyliklar yo‘q. Bu – faqat alohida zoologik tadbir bo‘lib, hech qanday qimor o‘yinlariga va “it janglariga” aloqasi yo‘q. Bo‘ribosarlarning test sinovlari – bu qadimgi zotining muhim tarkib etuvchi xarakterini, ruhiy kuchi, jasoratini sinashdir. Test sinovlari qat'iy reglamentlangan. Jang istalgan soniyada tugatilishi mumkin.

Bo‘ribosarlarni test sinovlari haqida havaskorlarning asosiy noto‘g‘ri tushunchalari:

1) Egalari – itlarni majruh qilib o‘limga mahkum etadigan shafqatsiz insonlar!

 Shunday deb, itlar jangi (“staf, pitbuli” kabi maxsus ishlab chiqilgan jangovar it zotlarining ishtirokida) haqida eshitgan odamlar bu tushunchani bo‘ribosar itiga nisbatan ham adashib qo‘llashadi. Aslida, osiyolik itlarning kurashlari atigi bir necha soniyadan bir necha daqiqagacha davom etadi. Bo‘ribosarlar - raqibining kuchsizligining dastlabki namoyishdayoq – jangni to‘xtatadigan oliyjanob, mardonavor itlardir.

2) Siz ularni jang qilishga majburlaysiz!

Aslida, agar u istamasa, bo‘ribosarni kurashishga majbur qilishning iloji yo‘q, bu hech qanday mashg‘ulot bilan mashq qilmaydigan tug‘ma sifatdir! Jang boshlanmasdan oldin tugaydi - agar raqib qarshi zarba bermasa, yutqazadi. Bu yerda inson ma'lum bir tanlovni amalga oshiradi va naslchilikda faqat eng yaxshi bo‘ribosarlardan foydalanishga harakat qiladi.

3) Nimaga test sinovlarini, itlarga tumshuqbog‘lar kiydirib tadbirlarni tashkillashtirish mumkin emas?

 Sport kurashi bilan taqqoslashga to‘g‘ri keladi. Qo‘l va oyoqlari bog‘liq kurashgan kurashchilar qanday kurashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar?

4) Ehtimol, bularning hammasi pul tufayli qilinar?

Test sinovlarida totalizatorlar yo‘qligini bilib, ba'zi “havaskorlar” xafa bo‘lishadi.

Shov-shuvga sabab bo‘lgan hodisalar borasida esa alohida ta'kidlab o‘tish joizki, bu zootexnik tadbir edi va unda faqat O‘ZBeK BO‘RIBOSARI Jamiyatining a'zolari ishtirok etdi. O‘zbek bo‘ribosarini test sinovlari bu itlarning ajralmas qismidir. Qo‘riqchilik ishi va "testlar" - bu ularning tayanchdir.

Uni olib tashlang - bo‘ribosarlar Yer yuzidan yo‘q bo‘lib ketadi! 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish