Video: Kuchli yomg‘ir natijasida Buxoro ko‘chalarini suv bosdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahrida yog‘gan kuchli yomg‘ir natijasida ko‘plab ko‘chalarda suv to‘planib qolgani aks etgan suratlar tarqaldi.
Hududda 8 aprel kuni boshlangan yomg‘ir bugun, 9 aprel kuni ham davom etmoqda.
Suratlarda ko‘rinib turibdiki, ayrim yo‘llar, aholi yashovchi uylar oldi butunlay suvga to‘lib, avtomobillar harakati to‘xtab qolgan.
Bunday holat Buxoroda o‘tgan yili ham kuzatilgan, ayrim tarixiy obidalar suvga bo‘kkani to‘g‘risida ma’lumotlar tarqalgandi.
O‘zbekistonda aprel oyida ko‘p yomg‘ir yog‘moqda va buning oqibatida shu vaqtga qadar Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy, Samarqand va Jizzax viloyatlari hududlarida suv toshqinlari va sellar kuzatilmoqda.
Mavzuga oid
22:36 / 26.09.2024
Chirchiq daryosining 6 km qismida dam olish hududi barpo etiladi
07:50 / 21.09.2024
O‘zbekistonda 263 dona qadimiy tangani Turkiyaga yashirincha olib ketayotgan shaxs ushlandi
21:11 / 17.09.2024
“Ko‘p narsa moliyalashtirishga bog‘liq” - Toshkentni toshqinlardan qutqarish rejasi tayyorlanmoqda
13:54 / 10.09.2024