Jahon | 19:51 / 10.04.2019
10498
1 daqiqa o‘qiladi

Noma'lum millioner “Och o‘yinlar” filmi uslubida omon qolishga musobaqa uyushtirmoqda

Foto: “Och o‘yinlar” filmidan kadr

Noma'lum millioner Gollivudning “Och o‘yinlar” filmi uslubida omon qolishga musobaqa o‘tkazmoqchi. Bu haqda IGN xabar berdi. 

O‘yin xususiy orolda o‘tadi va 3 kun davom etadi. Unda 100 kishi ishtirok etadi. Ishtirokchilar straykbol avtomatlari (bo‘yoqli sharchalar bilan otuvchi avtomat) va sharcha tekkanini qayd qiluvchi himoya jiletlari bilan qurollanadilar. Musobaqaning faol bosqichi kuniga 12 soatdan davom etadi, qolgan vaqt ishtirokchilar lagerda dam olishlari mumkin bo‘ladi.

Omon qolgan ishtirokchi g‘olib bo‘ladi. U 100 ming funt sterling bilan mukofotlanadi. 

O‘yinlarni bayramlarni tashkillashtirish bilan shug‘ullanuvchi Hush Hush kompaniyasi tashkillashtiradi. Agar musobaqa muvaffaqiyatli kechsa, uni har yili o‘tkazib turish rejalashtirilmoqda.  

Mavzuga oid