Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yakkasaroy tumani hokimligida ISO 9001:2015 xalqaro standarti tatbiq etildi
Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
Toshkentning Yakkasaroy tumani Seulning Sondongu munitsipal okrugi bilan iqtisodiyot, madaniyat, turizm kabi qator yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi.
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, shu maqsadda Yakkasaroy tumani hokimi Baxtiyor Shomurodov va Sondongu munitsipal okrugi hokimi Chong Von Olar o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Shu bilan birga, tuman hokimining o‘rinbosari Nurilla Abdurahmonov va Koreya Respublikasining P&IB Co., Ltd kompaniyasi bosh direktori Kang In Gyu tomonidan ham memorandum imzolangan bo‘lib, unga ko‘ra, tumandagi barcha sohalar faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini yanada keng joriy qilish chora-tadbirlari amalga oshiriladi.
Ushbu mehmonlar ishtirokida tuman hokimligida tashkil etilgan tadbirda respublikadagi boshqa hokimliklar orasida birinchi bo‘lib Yakkasaroy tuman hokimligida MC ISO 9001:2015 xalqaro standarti tatbiq etilganligi ma'lum qilindi va tuman hokimligiga buni tasdiqlovchi xalqaro sertifikat topshirildi.
Mavzuga oid
19:47 / 15.11.2025
Yakkasaroy tumanidagi xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi
22:10 / 13.05.2025
Toshkentda ko‘p qavatli uy tomiga o‘zboshimchalik bilan restoran qurilgani aniqlandi
23:43 / 05.05.2025
Toshkentda Lacetti urib ketgan piyoda vafot etdi
16:41 / 11.02.2025