O‘zbekiston | 08:28 / 27.04.2019
9124
1 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik professor Xalq ta'limi vazirligiga maslahatchi etib tayinlandi 

Foto: Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati

Shimoliy Jorjiya universitetining pedagogika fanlari doktori, professor Karli Vomak-Ven Xalq ta'limi vazirligiga o‘quv dasturlari hamda ta'lim standartlarini qayta ko‘rib chiqishda ko‘maklashadi.

Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, professor Karli Vomak-Ven sentabr oyidan O‘zbekistonda ish boshlaydi. Ikki oy mobaynida davlat ta'lim standartlarini baholashga va qayta ko‘rishga yordam beradi. Xususan, ta'lim jarayoniga STEAM dasturini joriy etishda o‘z tajribasidan kelib chiqqan holda maslahat berib boradi.

Amerikalik professor Fulbrayt dasturi bo‘yicha Xalq ta'limi vazirligiga maslahatchi etib tayinlandi. Ushbu dastur AQShlik yuqori malakali mutaxassislar va olimlarni tajriba almashish uchun jalb etish imkonini beradi, deyiladi xabarda.