Jinoyat olamida talabgir bo‘lgan 500 yevrolik banknotalar chiqarilishi to‘xtatildi
Yevropa markaziy banki (YeMB) 500 yevro qiymatidagi banknotalarni batamom bosishni to‘xtatdi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.
2019 yil yanvarda bu banknotalarni chiqarishni Yevropa Ittifoqiga kiruvchi 19 ta davlatdan 17 tasi to‘xtatgandi. Faqatgina bu banknotalar katta hajmda aylangan Avstriya va Germaniya uni maxsus rusxat bilan bosgan.
500 yevrolikning asta-sekin muomaladan chiqarilishi uning jinoyat olamida, jumladan giyohvand moddalar savdosi, qurol kontrabandasi va terrorchilikni moliyalashtirishda faol qo‘llangani bilan bog‘langan.
Hozircha bu kupyuralar qo‘llanishda davom etadi, biroq bankka tushganda ular muomaladan chiqariladi.
Qonuniy biznes uchun 500 yevrolik banknotalar ahamiyati elektron to‘lov tizimlari keng joriy qilingani sababli allaqachon dolzarbligini yo‘qotgan. Ta'kidlanishicha, ularni Yevropadagi do‘konlar, restoranlar, mehmonxonalar qalbakiligidan qo‘rqib anchadan beri qabul qilmay qo‘ygan.
Shuningdek, 500 yevrolik banknotalarni oson va bildirmasdan tashish mumkin. Bunday kupyuralardagi million yevro bor-yo‘g‘i 2,2 kg keladi. Xuddi shuncha pul AQShdagi eng katta qiymatdagi kupyura – 100 dollarlikda 6 marta ko‘proq tosh bosadi.
28 maydan YeMB 100 va 200 yevrolik yangi banknotalarni muomalaga chiqaradi. Yangi kupyuralar 2017 yilda chiqarilgan 50 yevrolik kupyuralar kabi himoya elementlariga ega bo‘ladi. Ularda gologramma va suv belgisi ko‘rinishida Yevropa surati joylashtiriladi.
Mavzuga oid
10:10 / 04.11.2024
WP: Yevropa Tramp davrida AQSh bilan «munosabatlarni uzish»ga tayyorlanmoqda
15:24 / 03.11.2024
Gurjiston va Moldova saylovlari: Yevropa orzusi orzuligicha qoldimi?
12:30 / 01.11.2024
Yevropadagi qurol ishlab chiqaruvchilar mablag‘ yetishmasligidan shikoyat qilmoqda
11:50 / 01.11.2024