Jamiyat | 00:25 / 28.04.2019
6988
2 daqiqa o‘qiladi

Andijon viloyati hokimi 160 nafar fuqaroni qabul qildi

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Andijon shahridagi Navoiy nomli istirohat bog‘ining amfiteatr binosida fuqarolar uchun qabul o‘tkazdi.

Aholining turli qatlamlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralar ko‘rish maqsadida tashkil etilgan qabulga viloyatning barcha tumanlaridan muammolari yechim topmayotgan aholi vakillari keldilar.

Qabulda viloyat hokimining o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etdi.

Jarayon davomida kuzatib shunga guvoh bo‘ldikki, qabulga kelgan aksariyat aholi vakillari mutasaddilarga yashash uchun uy-joy bilan ta'minlanish va uy-joyini ta'mirlash bo‘yicha, sog‘ligini tiklashga ko‘mak olish yuzasidan, MIB tashkiloti bilan bog‘liq muammolar, sud qaroridan qoniqmaslik hamda bog‘dorchilikdagi sug‘orish masalalari bo‘yicha murojaat qildilar.

Ertalab soat 8:00da boshlanib, kechki soat 22:00gacha davom etgan qabul davomida viloyat hokimi 160 nafar fuqarolarni qabul qilgan bo‘lsa, viloyat ma'sul shaxslari tomonidan 365 nafar aholi murojaati tinglandi.

Elmurod Ermatov, Andijon