Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailand qiroli generalga uylandi
1 may kuni Tailand qiroli Maxa Vachiralongkorn (Rama X) general Sutxida Vachiralongkorn bilan nikoh qurgani va uni qirolicha Sutxida deb nomlaganini e'lon qildi. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar berdi.
Nikoh qachon tuzilgani noma'lum, biroq qirol bu haqda unga toj kiydirilishi marosimiga 3 kun qolganda ma'lum qildi. Uning avvalgi nikohi haqida to‘ydan 4 yil o‘tib, merosxo‘ri tug‘ilganda e'lon qilingan. Bu 66 yoshli qirolning 4-marotaba turmush qurishidir.

Ma'lum qilinishicha, qirolicha 1978 yilda tug‘ilgan va avval Thai Airways kompaniyasida styuardessa bo‘lib ishlagan 2014 yil avgustda u o‘sha vaqtda valiahd shahzoda bo‘lgan Rama X’ning oilasi qo‘riqlash xizmati komandiri bo‘lgan. So‘ngra u qirollik gvardiyasi maxsus operatsiyalari bo‘linmasi qo‘mondoni etib tayinlangan va 2016 yil dekabrda general unvonigacha ko‘tarilgan.
Tailand qiroli taxtga otasi, marhum qirol Pxumipxona Adul'yadeta (Rama IX) vafotidan keyin 2016 yilda o‘tirgan. Tailandda hukmronlik qiluvchi Chakri sulolasida o‘rnatilgan an'anaga ko‘ra, har bir qirolga toj kiydirish u taxtga o‘tirishi bilanoq emas, balki ma'lum vaqtdan keyin yuz beradi. O‘z vaqtida marhum qirol ham 1946 yilda taxtni egallagan, biroq 1950 yildagina unga toj kiydirilgan.
Amaldagi qirolga toj kiydirilishi marosimi 2 maydan 6 maygacha davom etadi. Ma'lumotlarga ko‘ra, toj kiydirish marosimi poytaxt Bangkokdagi Zumrad Budda ibodatxonasi va Katta qirollik saroyida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
19:02 / 24.05.2026
Tailandga 60 kunlik vizasiz kirish tartibi bekor qilindi
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
17:19 / 20.05.2026
Tailand sayyohlar uchun vizasiz rejim qoidalarini kuchaytirmoqda
10:21 / 30.04.2026