2018 yil 23 iyun. Tailand şimolidagi provinsiya. Bir guruh bolalar futbol maşğulotidan söng bedarak yöqoladi. Köp ötmay bolalardan birining onasi politsiyaga qönğiroq qilib, öğli maşğulotdan söng uyga qaytmaganini ma’lum qiladi. Politsiya suriştiruv olib boradi va bolalar öşa atrofdagi ğorni tomoşa qiliş uçun uning içiga kirib ketgani ma’lum böladi. Şundan söng bolalarni qidiriş boşlanadi.
Dunyoda aql bovar qilmas voqealar, köz körib, quloq eşitmagan hodisalar, taqdirning ğaroyib keçmişlari tez-tez sodir bölib turadi.
2018 yilda tailandlik bir guruh bolalar taqdirning ana şunday sinoviga duç kelişadi. Öşanda barçasi fojia bilan tugaşi, bolalar va ularning murabbiyi halok bölişi ham mumkin edi.
Öşa tahlikali vaziyatda butun dunyodan Tailandga ğavvoslar, ğorşunoslar yordamga kelişadi. Qidiruv jarayoni telekanallarda jonli tarzda yoritiladi.
Ğorga sayohat va qopqonga tuşiş
2018 yil 23 iyun kuni Tailanddagi “Yovvoyi tönğizlar” deb nomlangan bolalar futbol jamoasi a’zolari maşğulotni tugatgaç, yordamçi murabbiy boşçiligida maşhur ğorni tomoşa qiliş uçun boradi.
Myanma davlati bilan çegaraga yaqin hududdagi toğda joylaşgan va “Txam Luang” deb nomlangan bu ğor yoş futbolçilar yaşaydigan hududga yaqin bölib, u sayyohlar orasida ham ança maşhur edi.

Ğorning uzunligi 10 km bölib, uning eng içkarisiga kirib boriş uçun ba’zida tor joylardan ötiş, yuqoriga va pastga tuşiş talab qilinardi.
Musson yomğirlari yoğadigan mavsumda ğorning çuqur joylari suvga tölar, unga kirganlar çiqa olmasligi mumkin edi. Şu sababli yomğir köp yoğadigan iyuldan noyabrgaça ğorga kiriş taqiqlanardi.
Futbolçi bolalarning yoşi 11 dan 16 gaça bölib, ularga yordamçi murabbiy boşçilik qiladi. Bolalar ğor içiga 4 km masofaga kirib borgan paytda kutilmaganda kuçli yomğir yoğadi va uning çuqur joylari suv bilan töladi. Oqibatda ortga qaytiş yöli yopiladi va bolalar qopqonga tuşib qoladi.
Ğorning içida aloqa yöqligi sababli yoş futbolçilar içkarida qolib ketganlari haqida heç kimga xabar bera olişmaydi. Şu sababli bolalarning ğor içida qopqonga tuşib qolganini heç kim, hatto ularning yaqinlari ham bilmaydi.
Bolalarning bedarak yöqolganini eng avval ayrim ota-onalar bilişadi va ular politsiya hamda futbol jamoasining boş murabbiyiga bu haqda xabar beradi.
Boş murabbiy öz yordamçisi va bolalar bilan boğlana olmaydi. Biroq öşa kuni toğga borgan jamoaning ön uçinçi a’zosi bilan gaplaşişga muvaffaq böladi.
Bola boş murabbiyga yordamçi murabbiy 12 nafar bola bilan ğorga kirib ketganini, özi ulardan ajralib, taşqarida qolganini aytadi.

Murabbiy jamoani qidirib ğor oğziga borganida u yerda bolalar qoldirgan velosiped va sumkalarni köradi. U darhol qutqaruvçilarga xabar beradi.
Tezda ğor oldiga Tailand harbiy-dengiz floti ğavvoslari, politsiya, qutqaruv xizmati xodimlari, bolalarning ota-onalari yetib keladi.
Bolalarni topiş
Bolalarni qutqarişdan avval ular ğorning qayerida ekanini aniqlaş lozim edi. Biroq ğorning çuqur joylari suv bilan tölib qolgani uçun bu oson bölmaydi.
Şunda qutqaruvçilar öşa paytda Tailand şimolida yaşab turgan britaniyalik ğorşunos Vernon Ansvortni yordamga çaqiradi.
12 nafar bola hamda ularning murabbiyi ğor içida qolib ketgani darhol şov-şuvli voqeaga aylanadi va hodisa joyiga Bangkokdan hukumat vakillari ham yetib keladi.
Vernon Tailand hukumatiga ğorlarda qutqaruv böyiça Britaniya kengaşidan ham yordam söraşni maslahat beradi. 27 iyun kuni britaniyalik qutqaruvçilar ham ğor oldiga yetib kelişadi.
Ungaça 25 iyun kuni harbiy bölinma ğavvoslari ğorga şönğib, bolalarni qidiradi, biroq ularni topa olmaydi. Çunki ğorga selning loyqa suvlari tuşgan, suv ostida heç narsani körib bölmasdi.

Buning ustiga öşa kunlari yomğir yoğişda davom etadi va ğorga yana loyqa suv kirib, ğavvoslarning işini qiyinlaştiradi.
27 iyun kuni ğorga britaniyalik ğavvoslar kiradi. Biroq yana natija bölmaydi. Şundan söng Tailandga AQŞ, Avstraliya, Yaponiya, Xitoy va yana bir qança davlatlar öz ğavvoslarini yuboradi. Ular navbati bilan ğordagi suvga şönğişadi, biroq bolalar qamalib qolgan joy topilmaydi.
Muammo şunda ediki, ğorning baland joyi oçiq, past joyini loyqa suv bosgandi. Bolalar turgan joyga yetib boriş uçun bir neça marta suvga şönğiş va oçiq joydan ötiş kerak bölardi.
29 iyun kuni ğor oldiga Tailand boş vaziri Prayut Çan-Oça va boşqa mutasaddilar ham yetib keladi.
2 iyul kuni, bolalar qamalda qolganiga 10 kun bölganida britaniyalik ğavvoslar – Riçard Stenton hamda Jon Volenten ğorning ança içkarisiga kirib borişga muvaffaq böladi va bolalarni topadi.
Ularning harakatlarini britaniyalik yana bir ğavvos taşqaridan videoaloqa yordamida kuzatib turadi. Bolalar ğorga kiriş joyidan 4 km içkarida edi.

Ğavvoslar bolalarni topgani va ular bilan dastlabki muloqot tasvirlangan video darhol internet orqali tarqatiladi va barça xursand böladi. Biroq hali bolalarning qanday holatda ekani aniq emasdi. Çunki ular 10 kun davomida qoronği va zax joyda, yeguliksiz qolib ketgandi.
Buning ustiga, ğavvoslar juda qiynalib yetib borgan joydan bolalarni olib çiqiş muammosi ham köndalang turgandi. Çunki bolalar ham ğavvoslar bilan birga bir neça soat suv ostida bölişi lozim edi.
Qutqaruv amaliyoti
Bolalar turgan joy aniq bölganidan söng turli davlatlardan borgan ğavvoslar işga kirişadi va ğorning baland suv bosmagan joylarida maxsus qönalğalar taşkil etişadi.
Bundan maqsad – bolalarni navbati bilan suv bosgan joylardan olib ötişda ular öşa qönalğalarda yordam berişi lozim edi.
12 nafar bolani navbati bilan ğordan uç urinişda olib çiqişga qaror qilişadi. Undan avval bolalarga issiq kiyimlar, oziq-ovqat yetkaziladi. Ularni bir neça kun şifokorlar nazorati ostida yengil hazm böladigan yuqori kaloriyali yeguliklar bilan ovqatlantirişadi.

Bolalar video orqali ota-onalariga salom yöllaşadi va barça xotirjam bölgaç ularni ğordan olib çiqiş boşlanadi. Bu orada ğorning suv bosgan tor qismlarini kengaytiriş işlari olib boriladi.
Öşanda şifokorlar – avstraliyalik Riçard Xarris va britaniyalik Kreyg Çellen bolalarni uyqu dori yordamida uxlatib, söng ğordan olib çiqişni taklif etadi. Taklif qabul qilinadi.
Bu ikki şifokor bolalarning yoşi, vazni va boşqa körsatkiçlarga qarab, ularning har biri uçun alohida doza tayyorlab beradi.
Bolalarni ğordan olib çiqiş amaliyoti 8 iyul kuni boşlanadi. Bolalarning oldiga 18 nafar mahalliy qutqaruvçi ğavvos, 13 nafar xorijlik ğavvos va 5 nafar harbiy-dengiz kuçlari xodimlari boradi.

Ularni ğor böylab turli joylarda yana 90 nafar mahalliy va xorijlik ğavvoslar qöllab turadi. Kimlar birinçi bölib çiqişini bolalarni özi tanlaydi. Şifokorlar Riçard Harris va Kreyg Çellen ham ğavvoslar bilan birga bolalar oldiga borgan edi.
Ğordan olib çiqilayotgan bolalarga gidrokostyum, uning ustidan qutqaruv nimçasi kiydiriladi. Yuzlariga AQŞdan keltirilgan maxsus ğilof taqiladi. Bu ğilof kislorod yetkazib beruvçi qopça bilan jihozlangandi.
Xavfsizlik uçun ğorga kiriş joyidan bolalar turgan joygaça tros tortiladi. Birinçi kuni tört nafar bola maxsus plastik örindiqqa joylaştiriladi. Söng şifokorlar ularga ukol urib, uxlatib qöyadi.
Bolalarni olib çiqişda avval suvda olib yuriladi. Balandroq joyga yetganda ularni kötarib olib ötişadi. Söng yana suvga tuşiladi va şu taxlitda bir neça soatda ularni ğor oğziga yetkazib kelişadi.

9 va 10 iyul kunlari qolgan bolalar ham şu tarzda ğordan olib çiqiladi. Yordamçi murabbiy va boşqalar 11 iyul kuni taşqariga çiqadi. Şu tariqa barça bolalar va ularning murabbiyi qutqariladi.
Hammaning e’tiboriga tuşgan yoş futbolçilar
Bolalar taşqariga olib çiqilgan zahoti şifoxonaga olib ketiladi. Ular tibbiy körikdan ötkaziladi. Şunda yoş futbolçilarning har biri ğorda ötkazgan vaqtida 2-3 kilogrammdan vazn yöqotgani ma’lum böladi.
Yoş futbolçilarning ğordan çiqarib olinişi jahon böylab katta şov-şuvga aylanadi. Bolalar xalqaro darajada e’tibor qozonadi.
Jumladan, FIFA prezidenti Janni Infantino bolalarni 2018 yilda bölib ötgan futbol böyiça jahon çempionatining final öyiniga taklif etadi.
«Barselona» futbol jamoasi esa yoş futbolçilarni 2019 yilda öz akademiyasida ötkaziladigan xalqaro turnirga va Kamp Noudagi öyinlarning birini tomoşa qilişga taklif etadi.
«Mançester Siti» va Angliya milliy jamoasi himoyaçisi Kayl Uoker bolalarga futbolkalar yuboradi. 2018 yil oktyabrda bolalar Britaniyaga boradi va «Old Trafford» stadionida bölib, «Mançester Yunayted» iştirokidagi öyinni tomoşa qiladi.

Şuningdek, bolalarni Xalqaro olimpiya qömitasi 2018 yilda Buenos-Ayresda bölib ötgan ösmirlar yozgi olimpiya öyinlarining oçiliş marosimiga taklif etadi.
Undan avvalroq, bolalarni qutqariş jarayoni boşlanişi arafasida Ilon Mask ixçam suvosti kemasi qurib, uni Tailandga yuborişga va’da beradi. Öşanda unga ğorga ixçam suvosti kemasi siğmasligini aytişadi. Mask 9 iyul kuni Tailandga keladi va ğor oldigaça boradi.
Şuningdek, bolalarni qutqarişda iştirok etganlar ham quruq qolmaydi. Ular vataniga qaytganda davlat rahbarlari tomonidan qabul qilinadi.
Ğavvoslarning ayrimlari bolalarni qutqarişda körsatgan jasorati va xizmati uçun öz davlati tomonidan turli mukofotlarga loyiq köriladi.
Qurbon bölgan ğavvoslar
Garçi bolalar soğ-omon qutqarilgan bölsa-da, aynan öşa hodisa tufayli ikki kişi halok böladi. Ularning biri 37 yoşli qutqaruvçi-ğavvos Saman Kunan edi.
Tailand harbiy-dengiz kuçlari sobiq piyoda askari bölgan bu yigit bolalarni qutqariş amaliyotiga köngilli tarzda qöşiladi.
5 iyul kuni keçki payt Saman va uning şerigi ğordagi suv bosmagan joylarda taşkil etilgan qönalğalarga kislorod ballonçalarini qöyib çiqiş uçun içkariga kiradi.

Qaytişda Samanning özi foydalangan kislorod ballonçada havo tugab qoladi va u huşini yöqotadi. Şerigi uni suvdan çiqaradi, biroq yigit öziga kelmaydi. Oradan bir neça soat ötgaç uning vafot etgani e’lon qilinadi.
Qutqaruv amaliyotidan bir yarim yil ötib, 2019 yil dekabrda tailandlik yana bir ğavvos, harbiy-dengiz kuçlari askari Beyrut Pakbara vafot etadi.
Ma’lum bölişiça, Beyrut bolalarni qutqariş paytida qoniga infeksiya yuqtirib oladi va bir yarim yil davomida kasallik bilan kuraşadi. Oxir-oqibat qon zaharlanişi tufayli vafot etadi.











