Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Afrosiyob»ni ortda qoldiradigan poyezdlar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Shveytsariyaning “Shtadler-Minsk” kompaniyasi bilan yangi elektropoyezdlarni xarid qilish masalasida muzokaralar olib borilmoqda.
O‘zbekiston aholisi ko‘p, hududlararo qatnov salohiyati yuqori, temiryo‘l hamisha yo‘lovchilar bilan gavjum. Shunday ekan faqat “Afrosiyob” poyezdlarigina mavjud talabni qondira olmasligi tayin. Demak yangi istiqbollarni ko‘zlash lozim va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ aynan shunday yo‘nalishda harakat qilmoqda.

Shaharalararo qatnovda yuqori tezlikda yo‘lovchi tashish zarurati, tezyurar hamda yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlar qatnovini xalqaro talablar va standartlar darajasiga ko‘tarish, xizmat ko‘rsatish sifati va darajasini oshirish, mamlakatimiz turizm salohiyatini yanada oshirish uchun yangi va istiqbolli turistik yo‘nalishlarni kengaytirish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” va Shveytsariyaning “Shtadler-Minsk” kompaniyasi bilan “Stadler FLIRT” elektropoyezdlarini xarid qilish masalasida muzokaralar olib borilmoqda.

Ta'kidlash joizki, tezligi 160 km/soatni tashkil qiluvchi “Stadler FLIRT” poyezdlari Yevropaning bir qator shaharlarini bir-biri bilan bog‘lab turadi va ular xavfsizligi, qulayligi hamda ommabopligi bilan nom qozongan.
Mavzuga oid
21:41 / 28.11.2025
Nega O‘zbekiston poyezdlariga chipta narxi qimmat?
22:20 / 13.06.2025
Andijonda temiryo‘l sisternasiga chiqqan erkakni tok urdi
21:47 / 27.05.2025
Yuk temiryo‘l stansiyalari poytaxt hududidan ko‘chirilishi mumkin
21:16 / 26.07.2023