Sport | 23:09 / 04.05.2019
12808
2 daqiqa o‘qiladi

RPL. «Zenit» samolyotda chempion bo‘ldi

Rossiya Premer-Ligasida 27-tur o‘yinlari davom etmoqda.

«Lokomotiv» safarda «Arsenal» bilan o‘ynadi va 0:2 hisobida yutqazdi.  

«Temiryo‘lchilar»ning bu muvaffaqiyatsizligi «Zenit»ga qo‘l keldi va ular muddatidan oldin chempion bo‘lishdi. Jamoa chempionat yakuniga 3 tur qolganida «Lokomotiv»ni 9 ochko ortda qoldirmoqda va o‘zaro o‘yinlarda g‘alaba va durangga erishgan.  

Bir necha soat oldin piterliklar safarda «Axmat» bilan 1:1 hisobidagi durangni qayd qilishgan edi. Grozniydan qaytayotgan jamoa bu xushxabarni samolyotda eshitgan bo‘lsa ajab emas.

Qayd qilish joizki, «Zenit» o‘z tarixida 5-marta Rossiya chempioni bo‘ldi (2007, 2010, 2012, 2015, 2018).

RPL, 27-tur
4 may

Arsenal Tula – Lokomotiv 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 24 Bakayev, 2:0 – 59 Jorjyevich. 
Arsenal Tula – Nigmatullin, Grigalava, Xagush, Alvares, Belyayev, Bakayev, Tkachev, Gorbatenko, Kostadinov, Kangva, Jorjyevich (Volodko, 76).
Lokomotiv – Gilerme, Rybus, Ignatev, Kverkveliya, Barinov, Kryxovyak, Miranchuk, Miranchuk, Tarasov (Chorluka, 32), Eder (Smolov, 76), Farfan (Kvaratsxeliya, 45).
Ogohlantirishlar: Eder (6), Kostadinov (48), Barinov (67).

Axmat – Zenit 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 55 Ismael, 1:1 – 87 Driussi. 

Ural – Spartak 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 82 Fernando. 

5 may
Krilya Sovetov – Ufa
TsSKA – Dinamo
Rostov – Krasnodar

3 may
Yenisey – Anji 3:1 (0:1, 3:0)
Gollar: 0:1 – 35 Dolgov, 1:1 – 63 Sobolev, 2:1 – 66 Sobolev, 3:1 – 82 Ogude. 

Rubin – Orenburg 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 35 Bashkirov, 2:0 – 77, penalti Poloz.

Mavzuga oid