Jamiyat | 15:45 / 11.05.2019
10491
3 daqiqa o‘qiladi

Kumushni oyoq kiyimga yashirish nayrangi fosh etildi

Bojxona xodimlari zargarlik buyumlarini mamlakatga noqonuniy olib kirilishiga o‘z vaqtida chek qo‘yishmoqda. Ana shunday bir nechta urinishlar Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida aniqlandi.

Qo‘shni davlatdan yurtimizga kirib kelgan fuqaro B.I. xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida, ushbu shaxs kiyimlari ichiga polietilin paketga o‘rab yashirib olgan, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma'lum qilinmagan og‘irligi 168 gramm sariq rangli metalldan yasalgan, qiymati 50 million so‘mlik 15 dona uzuk, 2 dona bilaguzuk, 7 juft zirak, 3 dona zanjir va 3 dona kulon zargarlik buyumlari mavjudligi aniqlandi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Yana bir holatda fuqaro I.L. xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida, uning oyoq kiyimlari tagligiga yashirilgan, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma'lum qilinmagan, og‘irligi 232 gramm kumushdan yasalgan, qiymati 7 million so‘mlik 17 juft zirak, 22 dona uzuk, 11 dona zanjir, 4 dona bilak zanjirlari va 5 dona zanjir zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

Fuqaro M.Z.ning bezovtalanishi ziyrak bojxona xodimlarida bejiz shubha uyg‘otmagan ekan. Ushbu fuqaro xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida, oyoq kiyimlarining tagligiga yashirilgan, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma'lum qilinmagan, og‘irligi 448 gramm oq metalldan yasalgan, qiymati 13 million so‘mlik 30 juft zirak, 42 dona uzuk, 9 dona kulon, 31 dona zanjir va 5 dona bilak zanjir zargarlik buyumlarini yashirib olib o‘tishga bo‘lgan urinishini oldi olindi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid