O‘zbekiston | 19:32 / 15.05.2019
4881
2 daqiqa o‘qiladi

“Innowomenweek” xotin-qizlar innovatsiya haftaligiga start berildi

Joriy yilning 13-18 may kunlari O‘zbekiston xotin-qizlarining innovatsion g‘oyalari, loyiha va ishlanmalarini tatbiq etishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash,  tadbirkorlik va ixtirochilik faoliyatiga keng jalb qilish maqsadida “ Innowomenweek” xotin-qizlarning innovatsiya haftaligi o‘tkazilmoqda. Kun.uz muxbiri O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi ma'lumotiga tayanib, shu haqida xabar beradi. 

Mazkur haftalik O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi va O‘zbekiston Ixtirochi ayollari markazi tomonidan Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent shahridagi Inha Universiteti va Toshkent pediatriya tibbiyot instituti bilan hamkorlikda tashkil etildi. 

 “Innowomenweek” haftaligida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida mehnat qilayotgan 700 nafardan ortiq xotin-qiz ishtirok etadi. 

Dastur bo‘yicha 13-14 may kunlari Toshkent davlat agrar universitetida “AGROWOMENUZ” mavzusidagi forum va ko‘rgazma, 15-16 may kunlari Toshkent shahridagi Inha Universitetida “TECHNOWOMENUZ” mavzusidagi forum va o‘quv seminarlar va 17-18 may kunlari Toshkent pediatriya tibbiyot institutida “MEDICALWOMENUZ” mavzusidagi forum, ko‘rgazma va o‘quv seminarlar tashkil etiladi.