O‘zbekiston - Qirg‘iziston chegarasida sodir etilgan qonunbuzilish holatlari 65 foizga kamaydi
Namangan shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi chegara idoralari Harbiy hay'atining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Uchrashuvda tomonlar chegara xavfsizligining hozirgi kundagi asosiy tahdidlarini muhokama qildi, 2018 yilda O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegaralarini qo‘riqlash bo‘yicha faoliyatni sarhisob qildi, Davlat chegaralarini qo‘riqlashning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqdi, 2019 yil uchun hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini belgilab oldi.
Tadbirda chegarada yuzaga keladigan masalalarni tezkor ravishda hal etish maqsadida 2018 yilda tomonlarning chegara vakillik apparatlari o‘rtasida tashkil etilgan uchrashuvlarning soni 2017 yilga qaraganda 19,5% ga, birgalikda qilingan patrulliklar soni esa 21% ga oshganligi alohida ta'kidlandi.
Birgalikdagi sa'y-harakatlar natijasida 2018 yilda O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida sodir etilgan qonunbuzilish holatlari 2017 yilga qaraganda 65% ga kamaydi.
Tomonlar ikki tomonlama hamkorlik masalalarini do‘stona qo‘shnichilik va hamjihatlik ruhida hal etishga tayyor va manfaatdor ekanligini ta'kidladi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
14:00 / 27.09.2024
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasini demarkatsiya qilish shartnomasi BMTga topshirildi
20:44 / 26.09.2024
Sadir Japarov Asqar Akayevning Qirg‘iziston prezidenti lavozimida qilgan uchta asosiy xatosini aytdi
09:55 / 25.09.2024
Saidikrom Niyozxo‘jayev O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi etib tayinlandi
20:32 / 24.09.2024