Özbekistonning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elçisi Saidikrom Niyozxöjayev Qirğiziston poytaxtiga keldi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Saidikrom Niyozxöjayev Bişkekka tayinlanişidan oldin, 2018 yildan buyon Özbekistonning Qozoğistondagi favqulodda va muxtor elçisi lavozimida işlab kelayotgan edi. Diplomat 2024 yil avgust oyida amalga oşirilgan işlari va ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlaşga qöşgan katta hissasi uçun Qozoğiston prezidentining farmoni bilan II darajali «Dostyq» ordeni bilan taqdirlangan.

Elçi Saidikrom Niyozxöjayev 59 yoşda. Toşkent politexnika institutini (hozirgi Toşkent davlat texnika universiteti) tamomlagan. 2015 yilda Özbekiston taşqi işlar vaziri örinbosari etib tayinlanguniga qadar Prezident administratsiyasi va hukumat tuzilmalarida mas’ul lavozimlarda, jumladan, davlat maslahatçisi örinbosari, iqtisodiyot vaziri örinbosari bölib işlagan.

Saidikrom Niyozxöjayev 2020—2024 yillarda Özbekistonning Bişkekdagi diplomatik missiyasiga rahbarlik qilgan Xurşid Mirzohidov örniga tayinlandi.