Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda Asqar Akayevga sobiq prezident maqomini qaytarish rad etildi
Parlament qo‘mitasi deputati Asqar Akayev prezidentlik davrida mamlakatda oilaviy-klanlar boshqaruvi gullab-yashnagani, insonlar o‘limiga olib kelgan Axsi voqealari sodir bo‘lganini eslatib o‘tgan.
Qirg‘iziston Jogorku Keneshining Konstitutsiyaviy qonunchilik, davlat tuzilishi, sud-huquq masalalari va reglament qo‘mitasi Asqar Akayevga sobiq prezident maqomini qaytarishni rad etdi.
Qayd etilishicha, qo‘mita yig‘ilishida deputat Gulya Kojokulova mazkur masalani har tomonlama o‘rganib chiqish uchun vaqtinchalik deputatlik komissiyasini tuzish taklifini bergan.
Xalq deputati Janar Akayev komissiya tuzilishiga qarshi chiqib, Asqar Akayev prezidentlik davrida mamlakatda oilaviy-klanlar boshqaruvi gullab-yashnagani, insonlar o‘limiga olib kelgan Axsi voqealari sodir bo‘lganini eslatib o‘tgan.
Muhokama yakunida qo‘mita Asqar Akayevning so‘rovini inobatga olgan va uning vaqtinchalik deputatlik komissiyasini tuzish to‘g‘risidagi arizasini rad etish bo‘yicha taqdimnoma bilan Jogorku Keneshga ko‘rib chiqish uchun taqdim etgan.
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Asqar Akayev 5 sentabrda Jogorku Keneshga (parlament) «sobiq prezident» maqomini tiklash bo‘yicha so‘rov yo‘llagan. Asqar Akayev Qirg‘izistonni mustaqillikning ilk yillaridan 2005 yilgacha boshqargan. Mamlakatda inqilob yuz berib, Qurmanbek Bakiyev hokimiyatga kelgach, ag‘darilgan Akayev va uning oila a’zolari Rossiyaga qochib ketgan.
Mavzuga oid
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
22:31 / 02.07.2026