Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Turonbank» ATBning xalqaro kredit reytingi tasdiqlandi
Foto: Turonbank
S&P Global Ratings xalqaro reyting agentligi «Turonbank» ATB kredit reyting bahosini «V/B» darajasida tasdiqlab, barcha reytinglar istiqbolini «Barqaror» deya e'tirof etdi.
Shu o‘rinda, Turonbank reyting ko‘rsatkichi 2012 yildan «V-/S» darajasida bo‘lgan, 2017 yilga kelib ushbu ko‘rsatkich «V-/B» darajasida belgilangan, 2018 yilda esa reyting bahosi «V/B» darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, 2019 yilda ushbu ko‘rsatkich «V/B» darajasida tasdiqlandi.
«Turonbank» ATBning xalqaro reyting ko‘rsatkichi yaxshilanishida bankning kapitallashuv darajasi davlat muassasalari tomonidan sezilarli ravishda qo‘llab-quvvatlanishi muhim omil bo‘ldi.
Bu esa o‘z navbatida, bankning kreditlash hajmini oshirish, shu jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirish uchun ayni muddao bo‘ldi.
Ma'lumot uchun, mamlakatimiz mustaqilligi bilan tengdosh «Turonbank» ATB bugungi kunda 20 filiali va 36 ta mini-banki orqali yuridik va jismoniy shaxslarga keng ko‘lamli xizmatlar ko‘rsatmoqda.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
15:00 / 08.11.2025
Metroda kitobxonlar uchun “Turon kitob bekati” tashkil qilindi
15:00 / 18.01.2025
O‘zbek limoni: Turonbankdan yangi tashabbuslar va foydali maslahatlar
17:00 / 08.01.2025
O‘zbekiston fransuz boksi “Savat” Ascotsiatsiyasining navbatdagi konferensiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
19:00 / 07.01.2025