Slovakiyada o‘tkazilayotgan xokkey bo‘yicha jahon chempionatida chorakfinal o‘yinlari yakunlandi.
Rossiya milliy jamoasi AQSh bilan bellashib, 4:3 hisobidagi juda qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Kanada esa Shveytsariya qarshiligini faqat overtaymda sindira oldi – 3:2. Qayd qilish joizki, kanadaliklar durang keltiruvchi shaybani 3-bo‘limning so‘nggi soniyasida urishga erishdilar.
Shvetsiya kutilmaganda Finlyandiyaga yutqazib qo‘ydi. Chexiya esa Germaniyani osonlikcha mag‘lub etdi.
Yarimfinalda Rossiya – Finlyandiya, Kanada – Chexiya o‘yinlari o‘tkaziladi.
Xokkey bo‘yicha jahon chempionati
Slovakiya – 2019
Chorakfinallar
23 may
Rossiya – AQSh – 4:3 (2:0, 0:1, 2:2)
Gollar: 1:0 – 1 Gusev (Kucherov, Sergachev)
2:0 – 15 Sergachev (Gusev)
2:1 – 22 Shey (Godro, Keyn)
3:1 – 41 Kaprizov (Sergachev, Gusev)
3:2 – 45 Xenifin (Xyuz)
4:2 – 47 Grigorenko (Dadonov, Malkin)
4:3 – 57 Debrinkat (Xyuz, Keyn)
Kanada – Shveytsariya – 3:2 (0:1, 1:1, 1:0, 1:0)
Gollar: 0:1 – 18 Andrigetto (Fiala, Dias)
1:1 – 25 Stoun (Dyubua, Fabbro)
1:2 – 39 Xishir (Niderrayter, Marchini)
2:2 – 60 Siverson (Stoun)
3:2 – 66 Stoun (Teodor, Dyubua)
Finlyandiya – Shvetsiya – 5:4 (1:2, 2:2, 1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 1 Mikkola (Manninen, Pesonen)
1:1 – 2 Klingberg (Vennberg, V. Nyulander)
1:2 – 16 Xernkvist (Larsson, Ekman-Larsson)
1:3 – 20 Pettersson (Ekman-Larsson, Landeskug)
2:3 – 25 Lindbom (Pesonen, Manninen)
3:3 – 29 Xakanpya (Manninen)
3:4 – 39 Gustafsson (Vennberg, Landeskug)
4:4 – 58 Anttila (Lextonen, Oyyamyaki)
5:4 – 61 Manninen
Chexiya – Germaniya – 5:1 (0:0, 1:1, 4:0)
Gollar: 1:0 – 33 Kovarj
1:1 – 37 Mauer (Tiffels)
2:1 – 44 Vorachek (Simon)
3:1 – 51 Kubalik (Gronek, Kovarj)
4:1 – 53 Palat (Kolarj)
5:1 – 59 Kovarj (Moravchik)
1/2 finallar
25 may
Rossiya – Finlyandiya
Kanada – Chexiya
Final va 3-o‘rin uchun bahs
26 may