Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finlyandiya xokkeyda jahon chempioni bo‘ldi
Foto: AP
Slovakiyada xokkey bo‘yicha jahon chempionati yakunlandi.
Finalda Finlyandiya va Kanada milliy jamoalari to‘qnash keldi. Keskin kurashlarga boy tarzda o‘tgan bahsda finlyandiyaliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Natijada Finlyandiya o‘z tarixida uchinchi marta (1995, 2011, 2019) jahon chempioni bo‘lishga erishdi.
Bronza medali uchun bahsda Rossiya milliy jamoasi Chexiyani bullitlar seriyasida mag‘lub etdi.
Xokkey bo‘yicha jahon chempionati
Slovakiya – 2019
26 may
Final
Kanada – Finlyandiya – 1:3 (1:0, 0:1, 0:2)
Gollar: 1:0 – 10 Teodor (Makkann, Manta)
1:1 – 22 Anttila (Oyyamyaki, Manninen)
1:2 – 42 Anttila (Savinaynen)
1:3 – 55 Pesonen (Tyurvyaynen)
Uchinchi o‘rin uchun bahs
Rossiya – Chexiya – 3:2 (1:2, 1:0, 0:0, 0:0, bullitlar - 1:0)
Gollar: 1:0 – 13 Grigorenko (Sergachev)
1:1 – 13 Rjyepik (Rutta, Sklenichka)
1:2 – 18 Kubalik (Gulash, Kovarj)
2:2 – 21 Anisimov (Gusev)
Mavzuga oid
23:00 / 22.02.2026
Xokkey bo‘yicha AQSh terma jamoasi 1980 yildan buyon ilk bor Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritdi
08:50 / 31.05.2024
Toshkentda muz saroyini o‘z ichiga oluvchi Xokkey sport majmuasi quriladi
18:34 / 29.05.2024
O‘zbekiston xokkey milliy jamoasi jahon chempionatida ishtirok etadi
22:47 / 30.04.2024