Dubayning sirli plyajlari
Dubay plyajlari oppoq qumi, shaffof suvlari va xushmanzara qirg‘oqlari bilan farq qiladi. Bu esa uni plyajda hordiq chiqarish ishtiyoqmandlari uchun ideal joyga aylantiradi. Bu yerda mashhur dam olish joylaridan tashqari, tabiiy go‘zallikka ega sirli joylar ham saqlangan. Facte.ru ana shunday joylar haqida hikoya qiladi.
Dubayda dam oluvchilarga qulay sharoit yaratish haqida qayg‘urishadi. Tabiiy go‘zallikdan tashqari, sayyohlik maskanlari plyaj soyabonlari, shuningdek, suvning suv o‘tlari va boshqa har qanday chiqindidan tozalanishi kabi xizmatlarni taklif etishadi.
Ayrim plyajlarni mashhur qilgan ko‘ngilochar joylar ham bor. Agar sizni ko‘p sonli sayyohlar va aholi xavotirga solmasa, u holda bu yerdagi muhit sizga ma'qul bo‘ladi. Masalan, Jumeirah Residence hududidagi mehmonxonalarda suvda bir qator ko‘ngilochish majmualari tayyorlab qo‘yilgan. Shuningdek, suv chetida otda sayr qilish mumkin.
Agar sokin joylarni yoqtirsangiz, u holda Dubayda g‘aroyib manzaraga ega sirli plyajlarni topish mumkin.
Kite Beach
Plyaj Al-Manara transport yo‘lidan u qadar uzoq bo‘lmagan yerda joylashgan. Nomining o‘zi kaytserfing bilan shug‘ullanish mumkinligini anglatadi. Plyajda tajribali va endigina shug‘ullana boshlagan serfingchi, kayter va sayyohlar to‘planishadi.
Bu yerda bir necha sertifikatlangan maktablar ochilgan va suv sporti uchun zaruriy barcha qurilmalarni ijaraga olish mumkin.
Umm Suqeim Park Beach
Burj Al Arab inshooti u qadar katta bo‘lmagan Umm Suqeim Beach qirg‘oqlarini yashirib turadi. Bu dam olish joyidan eng chiroyli suratlar olish mumkin bo‘lgan joy. Bundan tashqari, plyajdan u qadar uzoq bo‘lmagan yerda oppoq qumli sokin bog‘ni uchratish mumkin.
Plyaj serferlarni jalb etadi - bu yerda kuchli shamollar esadi.
Black Palace Beach
Yana bir qiziqarli va u qadar mashhur bo‘lmagan joy - Black Palace Beach qirg‘og‘i. Agar bu joyni ataylab izlab bormasangiz, uni nazardan chetda qoldirish oson. Plyaj Al Sufouh Road yo‘lida yashiringan.
Waldorf Astoria Dubai Palm Jumeirah
Bu bayramona dam olish kunlarini hashamatli tarzda o‘tkazish uchun eng yaxshi joy. Mehmonxona derazasi ortida betakror dengiz manzaralari yashiringan.