O‘zbekiston | 16:18 / 07.06.2019
14800
2 daqiqa o‘qiladi

IIV: YoXBB avtomobillar yonib ketishi chiroqlar bilan bog‘liq emasligini aytmoqda

Foto: KUN.UZ

Adliya vazirligida qonun hujjatlari mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish maqsadida “Qonunchilikdagi yangiliklar” nomli matbuot anjumani tashkil etildi.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, soha mutaxassislari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 iyundagi “Yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 460-son qarori bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazilmoqda. 

Tadbirda ma'lum qilinishicha, so‘nggi kunlarda kuzatilgan avtomobillarning yonib ketishi chiroqlar bilan bog‘liq bo‘lmasligi mumkin.

“Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi ma'lumotiga ko‘ra, avtomobillarimiz yonib ketishi chiroqlar bilan bog‘liq emas”, - dedi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xodimi, mayor Azizxon Murodov.

Vazirlar Mahkamasining qarorida aytilishicha, 2020 yil 1 yanvardan mamlakatda ishlab chiqariladigan barcha avtomototransport vositalari ichki bozorga ishlab chiqaruvchi tomonidan avtomatik yonib turuvchi kunduzgi signal chiroqlari bilan jihozlangan holda chiqariladi.

Respublikaga chet eldan import qilinadigan avtomototransport vositalarida kunduzgi signal chiroqlarining mavjudligi sertifikatsiyadan o‘tkazish uchun majburiy texnik talab sifatida belgilanadi. Ya'ni, import avtomobillarning ham shunday avtomatik yonadigan chiroqlari bo‘lmasa, mamlakat ichkarisiga olib kirilishiga ruxsat berilmaydi.

Mavzuga oid