Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Neymar: «Barselona»ga qaytmoqchiman»
Foto: Reuters
«Pari Sen-Jyermen» hujumchisi Neymar klub prezidenti Nosir Al-Xelayfiga yozgi transferlar darchasi vaqtida klubni tark etib «Barselona»ga qaytish niyatida ekani haqida aytgan.
«Bu yerda to‘p tepishni istamayman, uyimga qaytmoqchiman. U yerni tark etmasligim kerak edi, — deya Neymarning so‘zlarini keltirmoqda AS nashri Mundo Deportivo manbasiga asoslangan holda.
Neymar «Barselona» safida 2013 yildan 2017 yilga qadar to‘p surgan, keyin 222 million yevro evaziga «PSJ»ga transfer qilingandi. Ayni vaqtda bu futbol tarixidagi rekord darajadagi transfer bo‘lib turibdi.
Forvard OAVda bir necha marta parijliklar klubi safida o‘zini baxtiyor his qilmayotgani haqida aytib chiqqan va Ispaniyaga qaytish istagini bildirgandi.
Braziliyalik futbolchiga «Barselona»dan tashqari «Real» ham jiddiy da'vogar bo‘lib turibdi.
«PSJ» hujumchisi Neymarning klub rahbariyati bilan munosabatlari yomonlashgan. Bundan avvalroq Al-Xelayfi «PSJ»ning yulduzli futbolchilarini tanqid qilib, klub ishga jiddiy yondashmayotgan futbolchilari bilan xayrlashishga tayyorligini ma'lum qilgandi.
«Neymarni shartnoma imzolashga hech kim majburlamagan», deya bayonot bergan edi parijliklar prezidenti.
Mavzuga oid
20:42 / 03.06.2025
Neymar qo‘l bilan gol urmoqchi bo‘ldi va qizil kartochka oldi
19:54 / 12.02.2025
Neymar yana «Santos»da: futbol nihoyat boylikni yengdi
22:32 / 31.01.2025
Braziliyaning «Santos» klubi Neymar qaytganini e’lon qildi
05:19 / 28.01.2025