TIV Irkutskdagi suv toshqinlarida O‘zbekiston fuqarolari jarohatlanmaganligini bildirdi
Irkutsk viloyati hududida qator aholi punktlari, turar joy va infratuzilmadagi suv toshqini munosabati bilan “favqulodda holat” rejimi joriy qilindi. Bu haqda O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi bosh konsulxonasi bergan ma'lumotga asoslanib TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmagan.
Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Sibir federal okrugi (Buryat Respublikasi, Irkutsk viloyati, Hakas Respublikasi, Krasnoyarsk o‘lkasi, Kemerovo viloyati, Novosibirsk viloyati, Oltoy Respublikasi, Oltoy o‘lkasi, Omsk viloyati, Tomsk viloyati, Tuva Respublikasi, Zabaykale o‘lkasi) hududida bo‘lib turgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Novosibirsk shahridagi bosh konsulxonasiga + 7 (383) 246-04-85; 246-04-63, 246-04-64; 246-04-84 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi.
Mavzuga oid
20:51 / 03.11.2024
Ispaniya qiroli va qirolichasi Valensiyada loybo‘ron qilindi
15:59 / 03.11.2024
Ispaniyada asrning eng vayronkor toshqini. To‘rt kun o‘tib yana nimalar ma’lum?
17:54 / 31.10.2024
Ispaniyadagi suv toshqini oqibatlari - fotosuratlar
16:20 / 30.10.2024