Ispaniya şarqidagi Valensiya avtonom hududida 30 oktyabr kuni kuçli yomğirlar oqibatida suv toşqinlari röy berdi. Sakkiz soat içida regionga bir yillik normadagi yoğin tuşgan. Sönggi ma’lumotlarga köra, mamlakat tarixidagi eng vayronkor suv toşqinlaridan biri bölgan tabiiy ofat oqibatida 95 kişi halok bölgan, rasmiylar qurbonlar soni oşişi mumkinligini taxmin qilmoqda. Yoğingarçilik tufayli Valensiyadan Madrid va Barselonaga poyezd qatnovi töxtatilgan, avialoqa uzilgan, maktablar va asosiy ijtimoiy xizmatlar işlamayapti, aholining köp qismi elektrsiz qolgan. Qidiruv-qutqaruv işlari davom ettirilmoqda. Ispaniyada uç kunlik motam e’lon qilingan.

Oscar Del Pozo / AFP / Scanpix / LETA

Oscar Del Pozo / AFP / Scanpix / LETA

Oscar Del Pozo / AFP / Scanpix / LETA

Miguel Angel Polo / EPA/ Scanpix / LETA

Alberto Saiz / AP / Scanpix / LETA




































