Sönggi ma’lumotlarga köra, Ispaniya janubi-şarqida 29 oktyabr kungi favqulodda yomğir tufayli halok bölganlar soni 214 nafarga yetgan. Bu haqda 2 noyabr kuni mamlakat boş vaziri Pedro Sançes telemurojaatda ma’lum qildi. U Yevroittifoqdan «qit’a joriy asrda guvoh bölgan eng jiddiy suv toşqini»dan tiklanişda Ispaniyaga yordam körsatişni söragan.
Bu Ispaniyada 1967 yildan buyon kuzatilgan eng yirik va eng köp odam ölimiga sabab bölgan suv toşqinlari böldi.
Qidiruv-qutqaruv işlariga kuçişlatar tuzilmalardan qöşimça 10 ming xizmatçi jalb etilgan: beş ming harbiy va yana şunça politsiyaçi. Ular bungaça suv toşqini oqibatlarini bartaraf etiş işlariga kirişgan kuçlarga qöşilişi közda tutilgan. Euronews xabariga köra, dastlabki kunda armiyaning ikki min askari, Milliy gvardiyadan ikki yarim ming xizmatçi hamda 1,8 ming politsiyaçi qutqaruv işlariga jalb etilgandi.

Nacho Doce / Reuters / Scanpix / LETA
Köçalarni loy va suv bilan kelgan çiqindilardan tozalaş işlarini köngillilar öz zimmasiga olgan. Ularning köpçiligi hukumatni harakatsizlikda ayblab, özlariga «heç kim yordam bermayotgani»dan, ehtimoliy suv toşqini haqida ogohlantiriş juda keçikib berilganidan şikoyat qilişgan.
Pedro Sançes körilgan çoralar yetarli emasligini tan olib, jiddiy muammolar hamda vositalar yetişmovçiligini keltirib ötgan. U regionda «[kommunal] xizmatlar faoliyatida hozirga qadar buzilişlar kuzatilayotgani, munitsipalitetlar loy içida qolgani, umidsiz odamlar öz qarindoşlarini qidirayotgani, odamlar uylariga bora olmayotgani, uylar vayron bölib, botqoqqa aylangani» haqida gapirgan.
Ispaniya böylab köplab odamlar bedarak yöqolgan bölişi mumkin, ammo rasmiylar ularning sonini oçiqlamayapti.
Qutqaruvçilar hozirga qadar omon qolganlarni topişmoqda. BBC xabariga köra, Valensiyadan janubda yarim soatlik masofada joylaşgan Benetusera munitsipalitetida, mahalliy aholi vakili bölgan ayolni maşina içidan çiqarib olişgan, u uç kun davomida suv toşqini vaqtida oqib ketgan maşinasi içida qolgan. Bu ma’lumotni Valensiya munitsipaliteti fuqarolik muhofazasi xizmati rahbari ham tasdiqlagan.
EFE axborot agentligi Valensiya savdo palatasiga tayanib, kuçli yomğirlar oqibatida Valensiyada 4 500 ga yaqin korxona jabr körganini xabar qilgan. Agentlik ma’lumotiga köra, ularning yarmi tabiiy ofatdan jiddiy zarar körgan.














