Afg‘oniston sharqidagi G‘azni shahrida yuz bergan portlash natijasida kamida 12 kishi halok bo‘ldi, 179 kishi jarohatlandi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Vohidulla Mayraga tayanib TOLO news telekanali xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, Afg‘oniston milliy xavfsizlik direktorati bo‘linmasi binosi yaqinida minalashtirilgan avtomobil portlagan.
Avvalroq 12 kishi halok bo‘lgani, 43 kishi jarohatlangani ma'lum qilingandi. Hujumdan jabrlanganlarning aksariyati ayollar va bolalardir.
Ushbu hujum uchun javobgarlikni “Tolibon” harakati o‘z zimmasiga olgan.