Surxondaryoda o‘quvchilar o‘rtasida «Yashil chiroq» musobaqasining respublika bosqichi o‘tkazilmoqda
Maktab o‘quvchilari o‘rtasida muntazam o‘tkazib kelinayotgan «Yashil chiroq» musobaqasining bu yilgi respublika bosqichi Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida joylashgan X.Qulniyozov nomidagi bolalar dam olish maskanida bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Musobaqada respublikamizning barcha viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston respublikasidan kelgan jamoalar ishtirok etishmoqda.
Surxondaryo viloyat IIB YHXB matbuot xizmati katta inspektori Abror Choriyevning Kun.uz muxbiriga ma'lum qilishicha, jamoalar musobaqada jami 10 shart bo‘yicha bellashmoqda. Jumladan, safda yurish, piyodalarning majburiyatlari, velosiped boshqarish, tartibga soluvchining harakatlari, tez tibbiy yordam, maketlar yasash, texnik ijodiyot, badiiy qism, yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha test sinovlari, sardorlar bellashuvi. Ayni damda bellashuvlar davom etmoqda.
Musobaqa yakuni bo‘yicha qo‘shimcha axborot taqdim etamiz.
Mavzuga oid
13:57 / 18.09.2024
Surxondaryoda sodir bo‘lgan YTHda uch nafar sinfdosh yigit halok bo‘ldi
07:29 / 06.09.2024
Surxondaryoda 9400 tup daraxt nobud bo‘lishi mumkin
12:31 / 31.08.2024
Surxondaryoda «Zarchob-1A» kichik GESi ishga tushdi
11:37 / 30.08.2024