O‘zbekiston | 15:52 / 10.07.2019
6212
1 daqiqa o‘qiladi

Koreyalik investor O‘zbekistonda elektron hisoblagichlar ishlab chiqaradi 

Koreyaning yirik sanoat korxonalaridan biri hisoblangan Dongho Cosmo Co., Ltd kompaniyasi vakillari O‘zbekistonga yangi istiqbolli loyihani joriy etish bo‘yicha taklif bildirdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

«O‘zeltexsanoat» uyushmasi ma'lumotiga ko‘ra, koreyalik investorlar O‘zbekistonda onlayn rejimda ishlaydigan elektr, issiq va sovuq suv hisoblagichlarini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishi kutilmoqda.

10 iyul kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda «O‘zeltexsanoat» uyushmasi boshqaruv raisi Mirziyod Yunusov va koreyalik investorlar korxonaning ish tajribasi va faoliyati haqida  fikr almashdi. 

Ma'lumot uchun, haftaning har chorshanba kunida «O‘zeltexsanoat» uyushmasi rahbariyati elektrotexnika sanoati sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor bo‘lgan investorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish an'anasi boshlandi.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish