Jamiyat | 13:45 / 12.07.2019
27445
4 daqiqa o‘qiladi

Ikki oyda buxgalteriyani o‘rganing!

Buxgalter – korxona va tashkilotlarda hisob-kitob ishlarini o‘ziga xos tilda yozib boruvchi mutaxassis. Har qanday tashkilotda ham hisobotlarini yuritish, ta'sischilar, rahbariyat va davlat organlariga tashkilot to‘g‘risidagi ma'lumotlarni taqdim etishda mazkur mutaxassislik egalariga bo‘lgan talab yuqori hisoblanadi.

Ammo buxgalterlik ham shunchaki oson kasb emas. Bugungi zamonaviy buxgalterlar bilimli, zamonaviy texnologiyalar va dasturlardan foydalanish ilmini yaxshi egallagan va doimiy o‘z ustida ishlovchi mutaxassis bo‘lishi lozim. Bu talablarga javob bermaysizmi, demak siz eng yaxshisi emassiz.

Xo‘sh, barcha talablarga javob beradigan mutaxassis bo‘lish uchun nima qilish kerak va umuman, qisqa vaqtda bunga erishish mumkinmi? Bizningcha- mumkin, bu maqsad uchun sizga to‘g‘ri tanlangan o‘quv markazi yordam beradi.

Toshkent shahri, Chilonzor tumanida joylashgan «Asr» o‘quv markazi korxona va tashkilotlar uchun juda qisqa muddatda malakali buxgalterlar tayyorlash va buxgalteriya xizmatlari ko‘rsatishi bilan tanilgan markazdir.

Xo‘sh, «Asr» nimasi bilan boshqa o‘quv markazlaridan farq qiladi yoki ustun turadi?

Bunda dastlabki katta farq ta'lim sifati va dars jarayonlarida ko‘rinadi. Aynan «Asr» o‘quv markazining professional o‘qituvchilari sizga eng yangi dasturlar asosida, zamonaviy o‘quv texnologiyalaridan foydalangan holda dars berishadi. 
Unga ko‘ra, bor-yo‘g‘i ikki oy ichida siz buxgalterlik kursini tamomlaysiz va  mustaqil faoliyat boshlashga tayyor mutaxassissiz.

«Asr» o‘quv markazida buxgalteriya hisobini yuritishdan tortib, tiklash, autsorting, balans va soliq-statistika hisobotlarini tuzish va elektron shaklda topshirish bilimlari hamda xohlovchilarga 1S buxgalteriya dasturiy ta'minoti ham o‘rgatiladi.
Bu hammasi emas, o‘quv markazida, shuningdek, barcha turdagi korxonalarga shartnoma asosida sifatli buxgalteriya xizmatlari ko‘rsatiladi. Ya'ni, siz «Asr» o‘quv markazi xizmatidan foydalanishni boshlash bilan tashkilotingiz buxgalteriya ishlarini o‘z professionallariga topshirasiz.

Markazda o‘quvchilar buxgalteriya kurslarini o‘rganish davomida haqiqiy firma hujjatlari bilan ishlashadi, ya'ni, tajriba qandaydir eski hisob-kitoblarda emas, haqiqiy firma hujjatlari asosida amalga oshiriladi.

Darslar haftasiga uch kun, bir yarim soatdan olib boriladi. Darslar ikki til: o‘zbek va rus tillarida olib boriladi.

«Asr» o‘quv markazining boshqa markazlardan yana bir farqli jihati shundaki, bu yerda buxgalteriya kursida tahsil olishni istagan talabalarga umumiy to‘lovning 20%i miqdorida chegirma taqdim etiladi (talabalik guvohnomasi taqdim etilgan holda).

Shuningdek, «Asr» o‘quv markazida joriy qilingan tizimga ko‘ra, o‘quvchilar ikki oy davomidagi natijalariga qarab kerakli ballarni yig‘ib borishadi. Yakunda yuqori ball olgan o‘quvchilar esa o‘quv markazi tomonidan ishga joylashtiriladi.

Ana endi siz buxgalteriya bilimlarini muvaffaqiyatli va har tomonlama foydali tarzda egallash, shuningdek, buxgalteriya xizmatidan foydalanish borasida yaxshi o‘quv markazini bilasiz. 

Hoziroq bizga murojaat qiling va muvaffaqiyatingiz uchun kerakli qadamni tashlang!

Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, Integro biznes markazi. B-blok, 2-qavat, 7-xona.
Mo‘ljal: Chilonzor metro bekati.

Tel: +998 97 260-01-02
        +998 95 144-01-02

Reklama huquqi asosida