Jamiyat | 13:00 / 13.07.2019
35069
7 daqiqa o‘qiladi
Reklama

IELTS testini qanday qilib muvaffaqiyat bilan topshirish mumkin?

Asosiysi – to‘g‘ri maqsad qo‘yish va o‘ziga bo‘lgan ishonch!

Kutilgan IELTS sertifikatini olishni istaydigan har bir nomzod testni muvaffaqiyatli topshirishga qanday qilib unumli tayyorlanish mumkin degan savolni o‘ziga beradi? Bugungi kunda buning uchun imkoniyatlar ko‘p. Internetda imtihon jarayoniga tayyorlanishning har xil metodikalari va yondashuvlari, testlarning xususiyatlari haqida ko‘plab axborot topish mumkin. Hattoki, IELTS testlaridan o‘tishni o‘zingizda sinab ko‘rishingiz ham mumkin, ya’ni siz birinchi marta IELTS testlarini qanday qilib topshirishni amaliyotda sinab ko‘rishingiz, uning mexanizmlari va xususiyatlarini tushunib olishingiz mumkin.

Shu munosabatda yangi talabgorlar uchun sertifikatni olib bo‘lgan shaxslarning tavsiyalari qiziqish uyg‘otishi va foydali bo‘lishi mumkin, ular o‘zlarining imtihondan olgan taassurotlari haqida gapirib berishlari, IELTS testlari haqida umumiy tasavvurni berishlari mumkin. Xususan, quyida IELTS imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan, o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashmoqchi bo‘lgan ikkita qahramonimiz fikrlarini keltiramiz.

Diana Kafar (Ibragimova), taniqli poytaxtlik fotograf:

IELTS sertifikati umuman kerakmi? Qat’iy ishonch bilan ayta olamanki, ha, kerak. Agar siz nufuzli mahalliy yoki xorijiy oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirmoqchi yoki yuqori maosh to‘lanadigan ishga kirmoqchi bo‘lsangiz, IELTS sertifikatini olishingiz shart bo‘ladi. Men IELTS testini bir necha marta – diplom olish uchun va magistraturaga kirish uchun topshirganman. Har ikki galda IELTS sertifikatining bo‘lishi menga qo‘l kelgan.

IELTS testiga tayyorlanish va muvaffaqiyatli topshirishda menga O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi beqiyos yordam ko‘rsatdi. Kengash mutaxassislari nafaqat menga batafsil axborot, balki foydali tavsiyalarni berdilar – imtihonni topshirish tizimini tushuntirdilar, mustaqil o‘qish uchun kerakli adabiyotlarni va resurslarni taklif qildilar va hokazo.

Albatta, IELTS testlarini topshirish – bu ham jismoniy, ham psixologik jihatdan katta sinov. Bu mashaqqatli mehnat, ya’ni siz uzoq vaqt davomida har kuni muntazam va muayyan uslubda o‘z nutqiy va yozma ko‘nikmalaringizni takomillashtirib borishingiz, chet tilidagi ma’ruzalar va dialoglarni tinglashingiz kerak. Tabiiyki, hammaning ham bunga sabri yetmasligi mumkin, ammo bu shunga arziydi! Mehnatingiz o‘z samarasini beradi, siz oxir-oqibat kutilgan sertifikatni va yuqori bahoni olasiz.

IELTS testlarini topshirib o‘z kuchini sinab ko‘rmoqchi bo‘lganlarga yondashing – kurslarga yoziling, barcha topshiriqlarni vijdonan bajaring, mustaqil tayyorgarlikka ham vaqt ajrating. Asosiysi, hammasi tizimli asosda bo‘lsin.

Har kuni mashq qiling: podkastalarni tinglang, ko‘rsatuvlar va filmlarni ko‘ring, har kuni hech bo‘lmasa ingliz tilida kichik hajmda matn o‘qing. Hattoki, ingliz tilidagi nutqni bir o‘zingiz ko‘zgu oldida mashq qilishingiz mumkin. Testni o‘zini topshirayotganingizda IELTS ni topshirish uchun yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqing va notiqning barcha ko‘rsatmalarini so‘zsiz bajaring. Siz shu tariqa o‘z vaqtingizni ancha tejaysiz va testni topshirayotganda xatolarga yo‘l qo‘ymaysiz.

Otabek Mahkamov, xalqaro CIPA dasturi doirasidagi diplomli va sertifikatli xalqaro toifali yuristi, taniqli aktyor:

Birinchi marta IELTS ni men 2014 yilda, Britaniya oliygohiga o‘qishga kirish uchun topshirganman. To‘g‘risini aytishim kerak, birinchi natija meni qoniqtirmadi. Texnik xato tufayli ballarimni kamaytirib yuborishdi. Ammo keyinchalik, takroran topshirayotganimda imtihon paytida men barcha ko‘rsatmalarni so‘zsiz bajarishga harakat qildim va yuqori yakuniy natijani qo‘lga kiritdim.

Shunga qaramay, men har ikki yilda muntazam ravishda IELTS ni qayta topshirishga harakat qilaman. IELTS testlariga tayyorlanish va topshirish – bu bilimlar darajasini munosib darajada ushlab turish va yanada mukammallashtirish, chet tilda va ona tilida og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini yaxshilash uchun zo‘r imkoniyat. Har gal tayyorlanayotganda yangi axborotni olishga intilasan, bilimlaringni ko‘paytirasan. IELTS ni topshirishga tayyorgarlikni ikki-uch oy oldin boshlash, har kuni kamida yarim soat – bir soatdan shug‘ullanish kerak. Tayyorgarlik tizimli bo‘lishi lozim. Muntazam radio va podkastalarni tinglash, ingliz tilida ko‘rsatuvlar va filmlarni ko‘rish zarur. Shunda tayyorgarlik jarayonining o‘zi ham maroqli va unumli bo‘ladi.

O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi mutaxassislarining yuksak mahoratini alohida qayd etishim joiz. Test paytida kuzatuvchilar ortiqcha qattiqqo‘llik qilishlariga qaramay, IELTS testlarini topshirish jarayonining o‘zi aniq va barcha qoidalarga muvofiq o‘tadi.

Keyinchalik u kerak bo‘ladimi? Shak-shubhasiz, kerak bo‘ladi. U butun dunyoda katta obro‘ga ega bo‘lib, o‘qishga va ishga kirayotganda jiddiy afzallik beradi. Shu sababli IELTS testlarini topshirishda kuchingizni sinab ko‘ring. Testlarni topshirishga ijobiy tomondan yondashishga harakat qiling. Aytaylik, Speaking da menga ko‘proq yoqadigani – imtihon oluvchi bilan suhbat. Siz oldindan barcha berilishi mumkin bo‘lgan savollarga tayyorlanib olishingiz va ularni mashq qilishingiz mumin. Bu masalaga boshqa tomondan ham yondashsa bo‘ladi. Tasavvur qilingki, siz taniqli teleboshlovchi bilan suhbatga keldingiz. Boshlovchini o‘z dunyoqarashingiz va chuqur fikrlashingiz bilan hayratga solish uchun. Bu tomoshada asosiy yulduz – siz. Bunday yondashuv menga yaqinroq.

Eng asosiysi, o‘zingizga to‘g‘ri maqsad va yuqori marra qo‘ying. O‘zingizga ishoning! Siz, avvalambor, testni oliygohga yoki ishga kirish uchun zarurligi uchun topshiryapsiz, balki yangi cho‘qqilar, yangi rekordlar, yangi yutuqlar va muvaffaqiyatlarga birinchi qadamni qo‘ymoqdasiz! Bu sizning bo‘lajak marralaringizga erishish uchun bosh mashq, yuksak kasbiy yutuqlaringiz kaliti!

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid