Zelenskiy Putinga «barcha asirlarni almashtirish»ni dengizchilardan boshlashni taklif qildi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyada ushlab turilgan ukrainaliklar va Ukrainada ushlab turilgan rossiyaliklarni “barchani barchaga” yo‘li bilan almashtirish taklifiga rozi, biroq u buni Ukrainaning Kerch bo‘g‘ozidagi voqeadan keyin hibsga olingan 24 dengizchidan boshlashni taklif qilmoqda. U bu haqda “Prezident bilan ochiqchasiga” ko‘rsatuviga intervyusida aytib o‘tgan.
Uning fikricha, dengizchilarning ozod qilinishi ikki davlat o‘rtasidagi muloqotni boshlashga “normal qadam” va urushni to‘xtatish uchun kuchli qadam bo‘lgan bo‘lardi.
Zelenskiyning aytishicha, uning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon suhbatida Putin asirlar muammosining yechimini barchani barchaga almashtirishda ko‘rayotganini aytgan. Zelenskiy bunday ayirboshlashga bajonidil rozi bo‘lishini, biroq bir muammo borligi – Donetsk va Lugansk hududlarida ushlab turilganlarning Kiyevdagi ro‘yxati bu hududlarni nazorat qilayotganlardagi ro‘yxat bilan mos emasligini aytgan.
“Shu sababli barchani barchaga almashtiramiz, biroq keling avval Rossiyadagi, Qrimdagilarni qaytaraylik va buni dengizchilardan boshlaylik”, deb taklif qilgan Ukraina prezidenti.
Zelenskiyning ta'kidlashicha, Ukrainaning hamkorlari uning Moskvaga qo‘ng‘iroq qilishiga qarshi chiqishgan, biroq u bu Ukrainaning barcha fuqarolari uchun muhimligi va haqiqat u tomondaligi sababli bu suhbatdan qo‘rqmasligi haqidagi qarorga kelgan. Uning aytishicha, sobiq prezident Pyotr Poroshenkoning jamoasi Putin bilan ko‘p marotaba gaplashgan va nima uchun ular urushni to‘xtatishga harakat qilishmagani unga tushunarsiz.
17 iyulda Moskva sudi ukrainalik dengizchilarning hibsda ushlanishini 26 dekabrgacha uzaytirdi. Kiyevda ular harbiy asirlar deb hisoblanadi, biroq Rossiya buni rad etmoqda, chunki ikki davlat o‘rtasida urush e'lon qilinmagan. Moskva ularni Rossiya chegarasini buzishda ayblamoqda.
Mavzuga oid
17:24 / 14.11.2024
The Times: Kiyev bir necha oy ichida oddiy atom bombasini yaratishi mumkin
16:08 / 14.11.2024
Blinken: AQSh Tramp kelishidan oldin Ukrainaga yordamni kuchaytiradi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
21:24 / 13.11.2024