Jamiyat | 11:16 / 23.07.2019
6885
2 daqiqa o‘qiladi

Andijon IIBda 3-sektor faollari taqdirlandi

Foto: Andijon viloyat IIB Matbuot xizmati

Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasida hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatining olti oylik ishlari sarhisob qilindi. Bu haqda KUN.UZ’ga Andijon viloyat IIB Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hisobot yig‘ilishida viloyat 3 sektori rahbari ishchi guruhi a'zolarining hisobotlari tinglandi, aholi muammolarini hal etish bo‘yicha o‘tkazilgan sayyor qabulda ko‘tarilgan masalalar ijrosi tanqidiy muhokama qilindi.

Foto: Andijon viloyat IIB Matbuot xizmati

Sektor hududida tashkil etilgan sayyor qabullarda 2 ming 539 nafar fuqaro qatnashdi. 843 nafar fuqaro muammoli masalalari bo‘yicha qabul qilinib, 745 ta masala joyida bartaraf etilgan.

Shu o‘rinda, o‘tgan davr davomida  yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar  yuzasidan ko‘rsatma va tushuntirishlar berildi.

Foto: Andijon viloyat IIB Matbuot xizmati

Chorak yakunlariga ko‘ra, sektor faollaridan 21 nafar kishi viloyat IIB tomonidan rag‘batlantirildi.

Mavzuga oid