Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Damas» o‘rindiqlari ostiga yashirilgan 187 million so‘mlik uyali telefonlar
Bojxona xodimlari mamlakatimizga tovar moddiy boyliklarini noqonuniy olib kirish holatlariga o‘z vaqtida chek qo‘yishmoqda.
Jumladan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan qo‘shni mamlakat bilan chegaradosh hududlarda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yurtimizga tovar moddiy boyliklarni noqonuniy yo‘llar bilan olib kirayotgan qonunbuzarlar faoliyatiga nuqta qo‘yildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Farg‘ona tumanida o‘zining “Damas” rusumli avtomashinasida harakatlanayotgan fuqaro M.X. belgilangan tartibda to‘xtatilib, xolislar ishtirokida tekshiruvdan o‘tkazildi.
Natijada, avtomashina saloni o‘rindiqlari ostida tegishli hujjatlarga ega bo‘lmagan 187,1 million so‘mlik 116 dona uyali aloqa vositalari yashirilganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:11 / 30.05.2026
Farg‘onada 1 mlrd 247 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
08:34 / 22.05.2026
Qayta ishlangan mahsulotlarga bojxona imtiyozlari qo‘llanadi
18:32 / 15.05.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston bojxonachilari chegara postlaridagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
12:01 / 01.05.2026