Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Internetda aqllilik darajasini baholash uchun eng qisqa test e'lon qilindi
Foto: Getty Images
Internetda aqllilik darajasini baholash uchun eng qisqa test e'lon qilindi. U uchta matematik topshiriqdan iborat. Mirror nashrining xabar berishicha, 80 foizdan ko‘proq odam testni to‘g‘ri yecha olmagan.
Test quyidagi topshiriqlardan tashkil topgan:
1. Bita va to‘pning umumiy qiymati 1,10 dollarni tashkil qiladi. Agar bita to‘pdan 1 dollarga qimmat bo‘lsa, to‘p qancha turadi?
2. 5 ta mashina 5 daqiqa ichida 5 ta buyum tayyorlaydi. 100 ta mashinaga 100 ta buyum tayyorlash uchun qancha vaqt kerak?
3. Ko‘lda nilufargullar o‘sadi. Ularning miqdori har kuni 2 barobar ko‘payadi. Ular ko‘lni to‘liq egallashi uchun 48 kun talab etiladi. Nilufargullar ko‘lning yarmini egallashi uchun qancha kun talab etiladi?
Dastlab ushbu test 2005 yilda Massachusets texnologik instituti professori Sheyn Frederik tomonidan chop etilgan tadqiqot ishining bir qismi bo‘lgan. Tadqiqotda 3 mingdan ziyodroq odam, jumladan dunyodagi eng nufuzli oliy ta'lim muassasalari – Yyel va Garvard universitetlari talabalari ishtirok etgan. To‘g‘ri javobni esa 17 foizgina ishtirokchi bera olgan.
To‘g‘ri javoblar esa quyidagicha: 1. 5 sent. 2. 5 daqiqa. 3. 47 kun.
“Bu vazifalar ularning yechilishini tushuntirilishi vaqtida oson anglash mumkinligi jihatdan yengil, biroq to‘g‘ri javobni olish uchun o‘yga birinchi bo‘lib keladigan xato javobni inobatga olmaslik lozim”, deb aytgan Frederik test haqida.
Mavzuga oid
07:50 / 13.08.2025
O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanasi belgilandi
09:41 / 24.07.2025
Bakalavriat uchun testlar to‘liq yakunlanadi
12:07 / 21.07.2025
Akademik litseylarga kirish test sinovlari o‘tkazilish sanasi va vaqti aniq bo‘ldi
10:51 / 21.07.2025