Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi Afg‘onistonga benzin yetkazib berishni rejalashtirmoqda
Indoneziyada ro‘yxatga olingan RT Trans Asia Resources 2020 yildan boshlab Afg‘onistonga «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJdan 1 million tonnagacha neft mahsulotlari yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda PraymTaym xabar qildi.
Aprel oyi boshida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini RT Trans Asia Resources tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish orqali modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida qaror imzoladi.
«Trans Asia Resources Afg‘oniston hukumati bilan bir million tonnagacha neft mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi», - dedi neftni qayta ishlash zavodi vakili. Hujjat 17 iyul kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Afg‘oniston hukumatlararo komissiyasi birinchi yig‘ilishi doirasida imzolangan.
Neft mahsulotlari, xususan, benzin va dizel yoqilg‘isini yetkazib berish Afg‘oniston savdo tuzilmalari bilan shartnomalar tuzilgandan so‘ng, 2020 yildan boshlanishi mumkin.
Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, kelgusida Tojikiston va Qirg‘izistonga mahsulot yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish ham rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
11:59 / 05.11.2024
O‘zbekistonlik olimlar Farg‘ona vodiysidan yangi baliq turini topdi
07:30 / 04.11.2024
Toshkentdagi yana uchta AYoQShda sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi
22:45 / 02.11.2024
Qo‘shtepa kanali bo‘yicha afg‘on-o‘zbek muzokaralarning uchinchi bosqichi Toshkentda o‘tkaziladi
10:00 / 02.11.2024